Doktor Dumchevning kashfiyotlari

Doktor Dumchevning kashfiyotlari
Asl nomi В стране дремучих трав
Muallif(lar) Vladimir Bragin
Tarjimon(lar) Haydar Ibrohimov
Til ruscha
Janr(lar)i ertak-roman
ilmiy fantastika
Nashr etilgan sanasi 1948
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1977
Sahifalar soni 304

„Doktor Dumchevning kashfiyotlari“ (ruscha: В стране дремучих трав) — rus yozuvchisi Vladimir Bragin qalamiga mansub ertak-roman. Ilk bor 1948-yil Moskva shahrida „Detgiz“ nashriyoti tomonidan chop etilgan.[1] Bu asar muallifning eng mashhur kitobidir. Asarni oʻzbek tiliga Haydar Ibrohimov tarjima qilgan.

Romanda asar qahramoni Sergey Dumchev chumolidek kichrayib qoladi va hashorotlar dunyosiga tushib qoladi. U yerda Dumchev qirq yil yashab, soʻngra Chensk shahriga qaytadi. Asarga ertak-roman deya tavsif berilgan boʻlsa-da, undagi hodisalar ertak emas, balki ilmiy fantastika janridadir.

  1. „Quyuq oʻtlar mamlakatida“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 10-oktyabr.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne