Donald Trump

Donald Tramp

Rasmiy portret
AQSh Prezidenti
Mansab davri
2025-yil 20-yanvardan – hozirgacha
Vitse-prezident Jeyms Devid Vens
Oʻtmishdoshi Jo Bayden
Mansab davri
2017-yil 20-yanvardan – 2021-yil 20-yanvargacha
Vitse-prezident Mayk Pens
Oʻtmishdoshi Barak Obama
Vorisi Jo Bayden
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Donald John Trump

14-iyun 1946-yil (1946-06-14) (78 yosh)
Kuins, Nyu York, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Siyosiy partiyasi Respublikachilar (1987-1999, 2009-2011, 2012-hozirgacha)
Boshqa siyosiy
birlashmalari
  • Islohot (1999—2001)
  • Demokratlar (2001—2009)
  • Mustaqil (2011—2012)
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari
Ota-onasi
Istiqomat joy(lar)i Mar-a-Lago
Taʼlim Pennsylvania universiteti (bakalavr)
Kasbi
  • Siyosatchi
  • ishbilarmon
Mukofotlari Ellis orolining faxriy medali Qirol Abdulaziz ordeni
Imzosi
Vebsayti

Donald Jon Tramp (inglizcha: Donald John Trump; 1946-yil 14-iyunda tugʻilgan) – amerikalik siyosatchi, teleboshlovchi, aktyor va tadbirkor. Respublikachilar partiyasi aʼzosi, Qoʻshma Shtatlarning 47-prezidenti. 2017-yildan 2021-yilgacha 45-prezident boʻlgan.

Nyu-York shahrida tugʻilgan Tramp 1968-yilda Pensilvaniya universitetini iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan. 1971-yilda oilasining koʻchmas mulk biznesiga rahbarlik qila boshladi, uni „The Trump Organization[en]“ deb qayta nomladi hamda osmonoʻpar binolar, mehmonxonalar, kazinolar, golf maydonchalarini sotib olish va qurishga kirishdi. 1990-yildan 2000-yilgacha oltita biznesining bankrotligini boshdan kechirdi, keyinchalik yangi loyihalarni yoʻlga qoʻydi. 2004-yildan 2015-yilgacha „The Apprentice[en]“ nomli realiti-shouni olib bordi. Siyosatda chetdan kelgan shaxs sifatida tanilgan Tramp 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida Demokratik partiya nomzodi Xillari Klinton ustidan gʻalaba qozondi.

Tramp prezidentligining birinchi muddatida[en] oltita musulmon mamlakati fuqarolariga nisbatan sayohat taqiqini joriy etdi[ru], AQSH-Meksika chegarasidagi devorni kengaytirdi va oilalarni ajratish siyosatini[en] amalga oshirdi. Atrof-muhit va biznes sohasidagi qonun-qoidalarni bekor qildi, 2017-yilda Soliqlarni kamaytirish va ish oʻrinlari yaratish toʻgʻrisidagi qonunni[ru] imzoladi hamda Oliy sudga uch nafar sudyani tayinladi[en]. Tashqi siyosatda Tramp AQShni iqlim, savdo va Eronning yadroviy dasturi boʻyicha kelishuvlardan chiqardi, Xitoy bilan savdo urushini boshladi[en]. Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan yadroviy qurolsizlanish boʻyicha kelishuvga erisholmadi. COVID-19 pandemiyasi davrida sogʻliqni saqlash mutaxassislariga zid fikrlar bildirdi va CARES qonuniga[en] asosan iqtisodiy ragʻbatlantirish choralarini imzoladi. Tramp 2019-yilda hokimiyat vakolatlarini suiisteʼmol qilgani va Kongress faoliyatiga toʻsqinlik qilgani uchun, 2021-yilda esa qoʻzgʻolonga undagani uchun impichmentga uchradi. Senat uni ikkala holatda ham oqladi. Birinchi muddati tugagach, olimlar va tarixchilar uni Amerika tarixidagi eng yomon prezidentlardan biri sifatida baholadilar.

Tramp – „Trampizm[en]“ iborasi timsoli. Uning koʻplab sharhlari va harakatlari irqiy ayirmachilik deb taʼriflangan. Tramp yolgʻon va chalgʻituvchi bayonotlari bilan Amerika siyosatida misli koʻrilmagan darajada fitna nazariyalarini targʻib qilgan. 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida Jo Baydenga yutqazgach, Tramp saylov natijasini bekor qilishga urinib ko‘rdi[en] va bu 2021-yil 6-yanvar kuni Kapitoliyga hujum[en] bilan yakunlandi. 2023-yilda Tramp Jean Carrollga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik[en], tuhmat hamda firibgarlik[en] ayblovlari bilan javobgarlikka tortildi. 2024-yilda biznes qaydlarini soxtalashtirishda[en] aybdor deb topildi va shuning bilan, birinchi bor sudlangan AQSh prezidentiga aylandi. 2024-yilgi prezidentlik saylovlari kampaniyasida Tramp suiqasddan omon qoldi, buning ortidan reytingi oshib, yagona raqibi Kamala Harrisni saylovda magʻlub etdi.

Tramp prezidentligining ikkinchi muddatini[en] 2025-yil 6-yanvar kuni bir yarim mingga yaqin tartibbuzarni afv etish va federal ishchi kuchini ommaviy ravishda ishdan boʻshatish[en] tashabbusi bilan boshladi. Trampning farmoyishlardan keng va keng foydalanishi ularning qonuniyligini shubha ostiga qoʻyadigan koʻplab daʼvolarni keltirib chiqardi.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne