Ebola | |
---|---|
![]() | |
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar | |
Ixtisos | infectious diseases[*] |
DiseasesDB | 18043 |
MedlinePlus | 001339 |
eMedicine | med/626/{{{eMedicineTopic}}} |
MeSH | D019142 |
Ebola gemorragik isitmasi (inglizcha: Ebola Haemorrhagic Fever, EHF yoki inglizcha: Ebola virus disease, EVD; lotincha: Ebola febris haemorrhagica) — ebolavirus urugʻiga kiruvchi virus keltirib chiqaradigan, kishilar va boshqa sut emizuvchilarda uchraydigan kasallik. Kasallikning simptomlari virus yuqqanidan 2 kundan 3 haftagacha boʻlgan muddatda boshlanadi. Odatda harorat koʻtarilishi, tomoq ogʻrishi, muskullar va bosh ogʻrishi kuzatiladi. Bundan keyin qusish, ich ketishi va allergiyalar hamda jigar va buyraklar ishlashining susayishi kuzatiladi. Bu paytga kelib bemorda ham ichki, ham tashqi qon ketish boshlanishi mumkin.[1] Agar bemor halok boʻlsa, u odatda simptomlar boshlanganidan keyin 6 kundan 16 kungacha boʻlgan muddatda, asosan koʻp suyuqlik yoʻqotish sabab kelib chiqqan past qon bosimi tufayli oʻladi.[2]