„Eleanor Rigby“ | ||||
---|---|---|---|---|
The Beatles qoʻshigʻi | ||||
„Revolver“ albomidan | ||||
A tomon | „Yellow Submarine“ | |||
Chiqarilgan sanasi | 5-avgust, 1966-yil | |||
Yozib olingan | 28–29 aprel va 6-iyun 1966-yil | |||
Studiya | EMI, London | |||
Janr | Barokko-pop,[1] art-rok[2] | |||
Davomiyligi | 2:08 | |||
Leybl |
Parlophone (Buyuk Britaniya), Capitol (AQSh) | |||
Matn muallif(lar)i | Lennon–McCartney | |||
Prodyuser(lar) | George Martin | |||
The Beatles xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Eleanor Rigby“ YouTubeda |
„Eleanor Rigby“ (tarjimasi „Eleanor Rigby“, talaffuzi: Elinor Rigbi) — „The Beatles“ ingliz guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1966-yil eʼlon qilingan „Revolver“ albomiga kiritilgan. Shuningdek, „Yellow Submarine“ qoʻshigʻi bilan bir qatorda qoʻshaloq „A“ tomonli singl oʻlaroq chiqarilgan. Taronani asosan Paul McCartney yozgan va ijro etgan, ammo muallif oʻlaroq Lennon–McCartney koʻrsatilgan[3].
„Eleanor Rigby“ qoʻshigʻi „The Beatles“ guruhi studiyada turli eksperimentlarni qilib koʻra boshlagan davrda yozib olingan. Torli-kamonli cholgʻular bilan ijro etilgan va yolgʻizlik mavzusiga bagʻishlangan ushbu tarona pop musiqada ham musiqiy, ham lirik jihatdan yangilik boʻlgan[4]. Qoʻshiq Avstraliya, Belgiya, Kanada va Yangi Zelandiya xit-paradlarida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Tarona 2004-yilda „Rolling Stone“ jurnalining tarixdagi 500 eng buyuk qoʻshiqlar roʻyxatida 137-[5], 2021-yilgi roʻyxatda esa 243-oʻringa qoʻyilgan[6].
McCartneyning soʻzlariga koʻra, lirik qahramonni „Eleanor“ deb nomlash fikriga aktrisa Eleanor Bron ismi turtki boʻlgan boʻlishi mumkin[7][8]. Aktrisa „The Beatles“ bilan bir qatorda „Help!“ filmida rol oʻynagan[9]. „Rigby“ soʻzi esa Bristol shahridagi „Rigby & Evens Ltd.“ doʻkoni nomidan olingan[9]. McCartney doʻkonni 1966-yilning yanvarida oʻsha paytdagi qiz doʻsti Jane Asher oldiga borganda koʻrgan[10][11]. McCartney 2021-yil „The New Yorker“ nashri uchun yozgan maqolasida „Eleanor Rigby“ qoʻshigʻini oʻz tanigan va yolgʻiz yashagan qariya ayol qismatidan ilhomlanib yozganini eʼtirof etgan[12].