Eon (Geologiya)

Eon (qadimgi yunoncha: αἰών — asr, davr) geologiyada — Yerning geologik tarixidagi davr, Yer litosferasi va biosferasi rivojlanishining uzoq davom etgan bosqichi, bu davrda eonotema shakllangan. Eon oʻzida bir necha geologik davrlarni birlashtiradi, 1991-yilda qabul qilingan geologik vaqtning xalqaro shkalasida bu eng katta boʻlinmadir. Ushbu atama 1875-yilda J. Dana tomonidan taklif qilingan.

Hozirgi eon — fanerozoy boʻlib, u 540 million yildan ortiq vaqtdan beri davom etib kelmoqda.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne