Erkin kurash | |
---|---|
![]() | |
Jang sanʼati nomi (JS): | Erkin kurash |
Asos solingan sanasi: | 1882-yil |
Asos solingan joy: |
![]() |
Sport turi guruhi: | Jang san'ati |
Taniqli davomchilar: | Buvaisar Saytiyev, Aleksander Medved, Arsen Fadzayev, Artur Taymazov, Reza Yazdani, Dave Schultz |
Erkin kurash - (inglizcha: freestyle wrestling, fransuzcha: lutte libre) yakkakurash sport turlaridan biri. Ikki sportchining bir nechta sport usullari orqali bajaradigan harakatlari orqali bahslashiladi. Yunon-rum kurashidan farqli oʻlaroq bu sport turida sportchini oyoqlaridan ushlab usul qoʻllash mumkin. Erkin kurash zamonaviy Olimpiada Oʻyinlari start olgan 1896-yildan buyon dasturda boʻlib kelgan. Erkin kurash — sport turi, ikki kishi (sportchi)ning belgilangan qoidalar asosida gʻoliblik uchun olishuvi. Erkin kurash musobaqalari diametri 9 m (yoki oʻlchami 12x12 m) sport maydonida oʻtkaziladi. Erkaklar 55, 60, 66, 74, 85, 97 va 120 kg, ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78 va 78 kg dan ziyod vazn toifalarida kurashadilar. Musobaqalashish vaqti 2 minutdan 3 davra, davralar orasidagi tanaffus 30 sekunddan. Erkin kurashda siltab tortish, qayirib va aylantirib tashlashga, oyoq qismidan ushlab usullar bajarishga ruxsat etiladi. Bajarilgan usullar 5 (sof gʻalaba), 4 (texnik ustunlik yoki chetlatish), 3, 1 ochko bilan baholanadi. Gʻolib toʻplagan ochkolariga koʻra aniqlanadi. Agar kurashchilardan biri 5 ochkoga mos usul bajarsa, 1, 2-davrada ketmaket gʻolib deb topilsa, raqibidan 6 ochko farq bilan oʻzib ketsa, shuningdek, hakamlar, murabbiylar va shifokorlar qaroriga koʻra ham olishuv muddatidan oldin toʻxtatiladi.