Vaqt jadvali![]() |
Eron Islom Respublikasi (forscha: جمهوری اسلامی ایران - Jomhuri ye Eslāmi ye Irān), qisqacha Eron (forscha: ایران - Irān) — Gʻarbiy Osiyodagi mamlakat. Poytaxti — Tehron shahri. Maydoni 1 648, 95 km², aholisi soni 79 115 000 kishi (2016). Pul birligi — Eron riali. Maʼmuriy jihatdan 31 ta ustonga boʻlinadi. Yirik shaharlari: Mashhad, Karaj, Tabriz, Sheroz, Isfahon, Ahvoz.
Eron tarixi asosan ikki davrga bo'linadi: musulmonlardan oldingi va musulmonlik davri. Eron jamiyatining islomlashuvi uning madaniy, ijtimoiy va siyosiy tuzilishida tub o'zgarishlarga olib keldi. Biroq, Islom dini qabul qilingandan keyin ham avvalgi ma'naviy qadriyatlar va me'roslar butunlay yo'qolmadi. Qolaversa, ular mamlakatda vujudga kelayotgan yangi madaniyatga kuchli ta'sir ko'rsatgani uchun ham ayrim tadqiqotchi olimlar uni Eron islomi deb ham atashgan edi. Hattoki hozirgi zamonaviy Eronda musulmonlardan oldingi ko'plab urf-odatlar va marosimlar saqlanib qolgan.