Eshon

Eshon (chigʻatoycha — išan) — soʻfiylik oqimlarida diniy rahnamolar unvoni. Odatda, Eshonlar darvishlik, so’fiylik oqimlarining biriga mansub boʻlgan. Ismoiliylar firqasi dindorlar jamoasining rahbari ham Eshon deb atalgan. Oʻrta asrlarda soʻfiy rahnamolariga murojaat qilishda ularning ismlari oʻrnida Eshon, baʼzan „pir“ soʻzlari qoʻshib ishlatilgan. Eshonlarga muridlarni soʻfiylik yoʻliga oʻrgatuvchi (murshid), bemorlar dardiga shifo beruvchi, kelajakni oldindan aytuvchi sifatida qarab kelingan.

Bazi tarixiy manbalarda eshonlar musulmon Chingizxon avlodidan, deyarli kopchilik eshonlar korinishda xam sariqdan kelgan aziyat yuzli, va ismini oxirida xon qoshimchasi bor, Aziyat yuzli oq yuzli, arablarga mutlaqo tortmaydi, ikkinchidan, tarixiy hujjatlarda aynan Chingizxon avlodidan Abulğozi Bahodurxonni shajaratul turk kitobida shunday yozadi, iqtibos:Ul zamonda Chağatayxan naslindin Toqluq Temirxon tegan Qoshğarda azim ESHONxon bolub erdi. Chağatayxon bolsa Chingizxon nevarasi boladi. Baxodurxon yana shunday yozadi, Chingizxon avlodlarini aksari oq sariq boldi kozlari ashxol boldi, kozini bubachiği qizil yani malla rang boldi deb yozadi

Manba: Abulğozi Baxodurxon Shajaratul Turk


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne