EteRNA — bu Karnegi-Mellon universiteti va Stenford universiteti ishlab chiqqan brauzer oʻyini boʻlib, u oʻyinchilarni RNK foldingga oid boshqotirmalarni[1] echishga qiziqtiradi. Loyihani Milliy fan fondi moliyalashtiradi[2].
Loyiha Foldit oʻyiniga oʻxshaydi (bu ikki oʻyinni ishlab chiquvchilar roʻyxati qisman bir-biriga mos keladi): boshqotirmalar foydalanuvchi strategiyalarini tahlil qilgandan soʻng mavjud algoritmlarni yaxshilash maqsadida masalalarni hal qilish uchun inson qobiliyatidan foydalanadi[3][4]. Tadqiqotchilar RNK haqidagi fundamental savollarga javob topish uchun kraudsorsing va kollektiv intellekt yordamidan umid qilmoqda. Bundan tashqari, eng yuqori ball toʻplagan modellar Stenford universiteti biokimyo laboratoriyasida sintezlanadi; ularning koʻrsatkichi kompyuter modellarini yanada takomillashtirish maqsadida kompyuter hisob-kitoblari asosida chiqarilgan natijalar bilan taqqoslanadi[5][6].
Oxir-oqibat, tadqiqotchilar RNK sintezining kutilgan shakllarga ketma-ket taxlanishiga imkon beradigan „toʻliq va takrorlanuvchi qoidalar toʻplamini“ aniqlashga umid qilmoqda. Loyiha rahbarlari ushbu asosiy prinsiplarni aniqlash RNK asosida nanomashinalar va kalitlar ishlab chiqishni oldinga siljitishiga umid bogʻlamoqda. Loyiha yaratuvchilari foydalanuvchilarning, ayniqsa, tadqiqotchi boʻlmaganlarning qarorlaridan hayratda qoldi: ularning „ijodkorligi kerakli javobning toʻgʻri shaklini qanday tasavvur qilishi bilan cheklanib qolmaydi“[7][8][9].
2011-yil avgust holatiga koʻra, 26 mingga yaqin oʻyinchi oʻz hissasini qoʻshgan va 306 dan ortiq konstruksiyalar sintez qilingan[10].