Muallif(lar) | Abdulla Oripov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | sheʼrlar |
Nashriyot | „Oʻzbekiston“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2015 |
ISBN | ISBN 978-9943-28-469-2 |
„Everest va ummon“ — oʻzbek shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2015-yil Toshkent shahrida „Oʻzbekiston“ nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilgan. 2017- va 2018-yillarda ayni nashriyotda takror chop etilgan.
Toʻplamga muallif 2015–2016-yillarda yozgan sheʼrlar kiritilgan. Xususan, ikkinchi nashrdan Oripov umrining oxirgi oylarida AQSHning Xyuston shahrida yozgan sheʼrlari oʻrin olgan. „Everest va ummon“ muharrirlaridan biri Ashurali Joʻrayevning soʻzlariga koʻra, toʻplam Oripov davolanayotganida chop etilgan boʻlib, shoir uni ilk bor koʻrganida juda mamnun boʻlgan[1].