FIFA Jahon chempionati 2010 Janubiy Afrika | |
---|---|
![]() FIFA Jahon chempionati 2010 logosi | |
Umumiy maʼlumotlar | |
Mezbon davlat | Janubiy Afrika Respublikasi |
Sana | 11-iyun – 11-iyul (31 kun) |
Jamoalar | 32 (6 ta konfederatsiyadan) |
Bellashuv joylari | 10 (9 ta shaharda) |
Yakuniy natijalar | |
Chempionlar |
![]() |
2-oʻrin |
![]() |
3-oʻrin |
![]() |
4-oʻrin |
![]() |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 64 |
Gollar soni | 145 (har oʻyinda oʻrtacha 2.27 ta) |
Muxlislar soni | 3 178 856 (har oʻyinda oʻrtacha 49 670 ta) |
Toʻpurar(lar) |
![]() ![]() ![]() ![]() (5tadan gol)[1] |
Eng yaxshi oʻyinchi |
![]() |
Eng yaxshi yosh oʻyinchi |
![]() |
Eng yaxshi darvozabon |
![]() |
← 2006 2014 → |
Futbol boʻyicha 2010-yilgi jahon chempionati (inglizcha: 2010 FIFA World Cup) — Futbol boʻyicha oʻn toʻqqizinchi Jahon chempionati. Musobaqa 2010-yilning 11-iyunidan 11-iyuligacha Janubıy Afrıka Respublikasidada boʻlib oʻtgan. Musobaqa mezbonligi uchun faqat Afrika qitʼasida joylashgan davlatlar (Misr, Marokash va Janubiy Afrika Respublikasi) daʼvogarlik qilgan. 2004-yilda jahon chempionati mezboni sifatida Janubiy Afrika Respublikasi tanlanganligi eʼlon qilingan[5]
Oʻyinlar JARning 9 ta shahrida joylashgan 9 ta shahridagi 10 ta stadionda oʻtkazilgan[6]. Ochilish va final oʻyinlari Janubiy Afrikaning eng yirik shahri Yoxannesburgdagi Soccer City stadionida oʻtkazilgan[7][8]. 2007-yil avgust oyida saralash bosqichi boshlangan. Saralash bosqichi yakuniga koʻra 32 ta jamoa tanlab olindi. Guruh bosqichida 53 ta terma jamoa 8 ta guruhga ajratildi. Har bir guruhdan 4 tadan terma jamoa oʻrin olgan. Guruhda 1- va 2-oʻrinni egallagan terma jamoalar pley-off bosqichiga yoʻl olishgan.
Finalda Ispaniya Gollandiyani qo‘shimcha bo‘limlardan so‘ng 1:0 hisobida mag‘lub etib, oʻz tarixida birinchi jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Ushbu gʻalaba sababli Ispaniya 2013-yilgi Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Mezbon mamlakat Janubiy Afrika, Italiya va Fransiya kabi terma jamoalar guruh bosqichidan soʻng musobaqani tark etishgan. Yangi Zelandiya uchta durang bilan turnirda mag'lub bo'lmagan yagona boʻlgan. Ammo ular ham pley-off bosqichiga chiqa olishmagan.