Asl nomi | Не стоит село без праведника (Матрёнин двор) |
---|---|
Muallif(lar) | Aleksandr Soljenitsin |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | hikoya |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1963 |
„Faqirsiz qishloq turmas“ (ruscha: Не стоит село без праведника) — rus yozuvchisi Aleksandr Soljenitsin qalamiga mansub hikoya. Soljenitsinning eng mashhur hikoyasi.[1] Muallif hikoyani 1959-yil yozgan. Ilk bor 1963-yil „Noviy mir“ jurnalida chop etilgan. „Faqirsiz qishloq turmas“ muallifning mazkur jurnalda chop etilgan ikkinchi hikoyasidir. Hikoya bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Jurnal muharrirlari talabiga binoan hikoya nomi „Matryona hovlisi“ (ruscha: Матрёнин двор) deb oʻzgartirilgan. Bundan tashqari, muallif hikoyadagi voqealarni 1956-yil sodir boʻlgan, deb koʻrsatishga majbur boʻlgan.