Feminizm (lotincha: femina-ayol) — jamiyatning barcha sohalarida ayollar huquqlari harakatini tushuntiruvchi atama boʻlib, uning maqsadi ayollarga nisbatan kamsitishni bartaraf etishdir. Ushbu harakat XVIII asrda klassik liberalizm toʻlqinida paydo boʻlgan, ammo 1960-yillarning oxiridan boshlab faollashgan. Nazariy asoslarga asoslanib, erkaklar statusiga teng boʻlmagan ayollarning quyi va ijtimoiy mavqeini va ayollarning ozodlik gʻoyasini, qoʻllab-quvvatlaydiganlarga Feministlar deyiladi. Ular mavjud ijtimoiy munosabatlarni tanqid qilib, gender tengsizligini tahlil qilish orqali ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga urgʻu beradi[1].