Folklor

Nemis xalq ertagi, Gansel va Gretel; Arthur Rackham tomonidan chizilgan rasm, 1909-yil

Folklor (inglizchadan folk – „xalq“, lore – „bilim“, „donolik“) – xalq ijodini ifodalovchi termin. U maʼlum bir guruh xalqlar, madaniyat yoki submadaniyat uchun umumiy boʻlgan madaniyat majmuasidir[1]. Unga xalq ogʻzaki ijodi anʼanalari, masalan, rivoyatlar, miflar, afsonalar, maqollar, sheʼrlar, latifalar va boshqalar kiradi[2][3].

Atamani fanga 1846-yilda ingliz arxeologi William Thoms olib kirgan. 1880—1990-yillarda „folklor“ termini koʻplab mamlakatlarda, jumladan, Rossiyada ham qoʻllana boshlagan. Folklorni akademik oʻrganish folklorshunoslik deb ataladi va u bakalavriat, magistratura va doktorlik darajalarida oʻrganilishi mumkin[4].

Oʻzbekistonda dastlab, „ogʻzaki adabiyot“, „ogʻiz adabiyoti“ atamalari qoʻllangan. „Folklor“ termini 30-yillarning oʻrtalaridan ishlatila boshlagan. 1939-yilda Hodi Zarifning „Oʻzbek folklori“ xrestomatiyasi nashr etilgach, bu termin oʻzbek folklorshunosligida mustahkam oʻrin oldi.

  1. Schlinkert 2007, s. 30.
  2. Dundes 1965, s. 3.
  3. Schlinkert 2007, s. 33.
  4. „Folklore Programs in the US and Canada“. Center for Folklore Studies. Ohio State University. 2018-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-avgust.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne