Fransiya mustamlaka imperiyasi Empire colonial français Mustamlakachi imperiya | |||||||||
| |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||
![]() Fransiya imperiyasi tarkibiga kirgan barcha hududlar. | |||||||||
Poytaxti | Parij | ||||||||
Til(lar)i | Fransuz | ||||||||
Dini | katolik, islom yahudiy hinduiylik buddaviylik | ||||||||
Pul birligi | Frans | ||||||||
Maydoni | 10,000,000 km (1680) 13,500,000 (1939) 24,000,000 (1534-1980) | ||||||||
Boshqaruv shakli | kompazitsion monarxiya | ||||||||
Tarix | |||||||||
- 1534 | Kartier Gaspe ko'rfaziga da'vo qildi. | ||||||||
- 1803 | Luiziananing sotilishi | ||||||||
- 1830-1852 | Jazoirning bosib olinishi | ||||||||
- 1946 | Fransuz birlashmasi | ||||||||
- 1958 | Fransiya hamjamiyati | ||||||||
- 1980 | Vanuatu mustaqilligi | ||||||||
Fransuz mustamlaka imperiyasi (fransuzcha: Empire colonial français) XVI asrdan boshlab Fransiya hokimiyati ostiga o'tgan dengizorti mustamlakalari, protektoratlari va mandat hududlaridan iborat boʻlgan. Odatda "Birinchi Fransuz mustamlaka imperiyasi" va "Ikkinchi Fransuz mustamlaka imperiyasi" farqlanadi. "Birinchi" imperiya 1814-yilgacha mavjud boʻlgan bo'lib, shu davrga kelib unga tegishli deyarli barcha hududlar boy berilgan, yoki sotilgan. "Ikkinchi Fransuz mustamlaka imperiyasi" boshlanishi 1830-yilda Jazoirning istilo qilinishi bilan belgilanadi. Birinchi jahon urushi arafasida Fransiya mustamlaka imperiyasi dunyodagi eng yirik ikkinchi imperiya bo'lib, hajm jihatdan Britaniya imperiyasining uchdan biriga, aholi soni bo'yicha esa sakkizdan biriga teng boʻlgan.
Fransiya XVI asrga kelib Shimoliy Amerika, Karib havzasi va Hindistonda mustamlakalar o'rnatishni boshladi, biroq Yetti yillik urushdagi mag'lubiyat natijasida ko'pchilik hududlarini boy berdi. Shimoliy Amerikadagi mulklar Britaniya va Ispaniyaga o'tib ketdi, lekin 1800-yilda Ispaniya Luiziana (Yangi Fransiya) mustamlakasini Fransiyaga qaytardi. Bu hudud 1803-yilda AQSHga sotildi. Fransiya 1850-yillardan boshlab e'tiborini Afrika, shuningdek Hindixitoy va Janubiy Tinch okean mintaqasiga qaratdi va o'z imperiyasini qayta barpo etishga muvaffaq bo'ldi. Rivojlanar ekan, yangi Fransuz imperiyasi metropoliyaga xomashyo yetkazib berib, undan tayyor mahsulotlar sotib oluvchi maqomga ega bo'la boshladi. Imperiyaning qayta tiklanishi Fransiyaning xalqaro munosabatlardagi obro'sini tikladi, dunyoda fransuz tili va katolitsizmning yoyilishiga sabab bo'ldi. Shuningdek, ushbu imperiya Fransiyani Jahon urushlarida askarlar bilan ham ta'minlagan.
Imperiyaning asosiy maqsadlaridan biri Mission civilisatrice yoki Sivilizatsiyalashtirish (madaniylashtirish) deb atalgan. 1884-yilda mustamlakachilikning yetakchi targ'ibotchilaridan biri Jules Ferry ta'kidlashicha: "Oliy irqlar quyi irqlar ustidan huquqqa ega. Quyi irqlarni madaniyatga olib kirish oliy irq vakillarining burchidir." Imperiyada quyi irq vakillariga to'la fuqarolik huquqi - assimilation - va'da qilingan bo'lib, biroq amalda "bu assimilyatsiya jarayoni doim bekor qilingan va mustamlaka aholi vakillari teng fuqarolar sifatida ko'rilmagan." Kam sonli fransuzlar (Jazoir istisno qilingan) mustamlakalarga jo'natilgan va ular ozchilikni tashkil qilishiga qaramasdan hududlarda hokimiyatni o'z qo'llariga olishgan.
Ikkinchi jahon urushi davrida Charles de Gaulle boshchiligidagi Ozod Fransiya dengizorti mustamlakalari ustidan birma-bir o'z nazoratlarini o'rnatdi va Fransiyani ozod qilishda ulardan baza sifatida foydalanishgan. Tarixchi Tony Chafer yozishicha: "Urushdagi mag'lubiyat va okkupatsiyadan keyin Fransiya o'zining qudratli davlat sifatidagi obro'sini saqlab qolish uchun dengizorti mustamlakalarini qo'lida olib qolishga intildi." Lekin 1945-yildan keyin mustamlakachilikka qarshi harakatlar yevropaliklar hokimiyatini so'roq ostida qoldira boshladi. Hindixitoy va Jazoirdagi qo'zg'olonlar Fransiya uchun qimmatga tushdi va har ikkala mustamlaka ham qo'ldan boy berildi. Ushbu nizolardan keyin boshqa hududlarda 1960-yillarda boshlangan dekolonizatsiya jarayoni nisbatan tinch kechdi. 1946-yil 27-oktyabrda qabul qilingan Konstitutsiyaga ko'ra vujudga kelgan Fransiya Ittifoqi (To'rtinchi respublika) 1958-yilgacha davom etdi. Oldingi mustamlakachi imperiyaga keyinroq qo'shilgan hududlar Fransiya Respublikasining dengizorti departamentlari va hududlari sifatida davlat ichiga integratsiya qilib olindi. Bu hududlar bugungi kunda jami 119,394 kvadrat kilometr maydonni tashkil qilib, ularda 2021-yilda 2.8 million kishi yashagan. Fransiya va uning sobiq mustamlakalari orasidagi aloqalarni La francophonie, CFA franc tashkilotlarida va Opération Serval kabi harbiy operatsiyalarda kuzatish mumkin.