Muallif(lar) |
Steven D. Levitt Stephen J. Dubner |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | iqtisod |
Nashriyot | „William Morrow“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2005 |
Sahifalar soni | 242 |
ISBN | ISBN 978-0713998061 |
Keyingisi | „SuperFrikonomika“ |
„Freakonomics“ („Frikonomika“), toʻliq nomi „Freakonomics: A Rogue Economist Explores the Hidden Side of Everything“ („Frikonomika: Muttaham iqtisodchi hamma narsining yashirin jihatini oʻrganadi“) — Chicago universiteti iqtisodchisi Steven D. Levitt hamda „The New York Times“ gazetasi jurnalisti Stephen J. Dubner qalamiga mansub iqtisod boʻyicha kitob. Ilk bor 2005-yil Pennsylvania shtatining Scranton shahrida „William Morrow“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Asar pop madaniyat bilan iqtisod qorishmasi oʻlaroq baholanadi.[1]
Kitob yaxshi kutib olindi va tez orada bestsellerga aylandi. Toʻrt yil ichida kitobning 4 milliondan oshiq nusxasi sotildi.[2] „Freakonomics“ muvaffaqiyati ortidan mualliflar „SuperFreakonomics“ kitobini yozgan.