„Freelove“ | ||||
---|---|---|---|---|
Depeche Mode qoʻshigʻi | ||||
„Exciter“ albomidan | ||||
B tomon | „Zenstation“ | |||
Chiqarilgan sanasi | 5-noyabr, 2001-yil | |||
Yozib olingan |
2000-yil iyun – 2001-yil fevral; RAK Studios, Sarm West Studios (London) Sound Design (Santa Barbara) Electric Lady Studios, Sony Music Studios (New York) | |||
Davomiyligi |
3:59 (singl versiyasi) 6:10 (albom versiyasi) | |||
Leybl | Mute Records | |||
Matn muallif(lar)i | Martin Gore | |||
Prodyuser(lar) | ||||
Depeche Mode singllari xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Freelove“ YouTubeda |
„Freelove“ (tarjimasi „Erkin sevgi“) — „Depeche Mode“ ingliz musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2001-yilning 5-noyabrida guruhning „Exciter“ nomli albomining uchinchi singli oʻlaroq chiqarilgan[1]. Qoʻshiqni guruh aʼzosi Martin Gore yozgan.
Qoʻshiqning singl va albom versiyalari mavjud boʻlib, sing versiyasi qisqaroqdir. Singling orqa tomonidan „Zenstation“ nomli instrumental asar oʻrin olgan. Qoʻshiqqa ingliz produseri hamda ovoz muhandisi Mark Flood Ellis produserlik qilgan.
„Freelove“ „Depeche Mode“ guruhining DVDda ham eʼlon qilingan ilk qoʻshigʻidir. DVD relizdan guruh Filadelfiya shahrida bergan konsertdan tasvirlar hamda boshqa ikki qoʻshiq audioyozuvi oʻrin olgan. Shuningdek, diskka guruhning toʻrtta 30 soniyali bonus videoklipi ham kiritilgan. DVDdagi videolarga Anton Corbijn rejissorlik qilgan.
Guruh vokalisti Dave Gahan „Freelove“ qoʻshigʻini 1993-yil eʼlon qilingan „Condemnation“ qoʻshigʻidan keyin kuylagan eng yaxshi qoʻshigʻi ekanligini aytgan. Ammo tanqidchilar qoʻshiqni yaxshi kutib olmagan[2]. 2002-yil nemis qoʻshiqchisi Sandra oʻzining „The Wheel of Time“ albomi uchun „Freelove“ qoʻshigʻining kaverini yozgan.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()