Fukidid | |
---|---|
Θουκυδίδης (yunoncha) | |
Miloddan avvalgi IV asr boshlarida yunoncha asl nusxaning Rim nusxasidan Fukididning gipsdan yasalgan byusti | |
Tavalludi |
tax. Miloddan avvalgi 460-yil[1][2] Afina (zamonaviy Alimos) |
Vafoti | tax. Miloddan avvalgi 400-yil |
Fuqaroligi | Qadimgi afina |
Kasbi | Tarixchi, general |
Otasi | Oloros |
Fukidid (Thukydides) (miloddan avvalgi taxminan 460—400) — yunon tarixchisi. Afinalik badavlat aslzoda oilasida tutilgan; qarindoshlaridan unga Frakiya sohilidagi oltin konlar meros qolgan. Yaxshi taʼlim olgan, oʻz zamonasining faylasuf va tabiatshunoslari bilan yaxshi aloqada boʻlgan. F. siyosiy hayotda faol qatnashgan. Peloponnes urushi davrida (424 yil) strateg va Frakiya sohillari yaqinidagi Afina eskadrasi qoʻmondoni. Biroq, Sparta sarkardasi Brasidning Amfipolni egallab olishiga toʻsqinlik kila olmagani uchun Afinada qattiq qoralanib, quvgʻin qilingan. Vatanidan olisda 20 yil quvgʻinlikda yurgan F. uzining tarixiy asari uchun material toʻplagan. 404 yil urush tutashi bilan Afinaga qaytib kelgan. Peloponnes urushi tarixiga (miloddan avvalgi 411 yilgacha) bagʻishlangan "Tarix" asari (8 kitobdan iborat) antik davr tarixshunosligining eng goqori choʻqqisi hisoblanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Fukididni siyosiy realizm maktabining otasi deb atashadi. Siyosiy realizm shaxslarning siyosiy xulq-atvori va davlatlar o'rtasidagi munosabatlarning natijalarini o'rganadi[3]. Fukididning qo'lyozmalari hali ham butun dunyo universitetlari va harbiy kollejlarida o'rganiladi[4]. Melian dialogi xalqaro munosabatlar nazariyasining asosiy qo'lyozmasi sifatida qaraladi, uning Periklning "Dafn marosimi nutqi" versiyasi esa siyosiy nazariyotchi, tarixchi talabalar tomonidan keng o'rganiladi.