tuman | |
---|---|
Tarkibida | Fargʻona viloyati |
Maʼmuriy markazi | Navbahor (shaharcha) |
Tuman hokimi | Jahongir Jumanov [1] |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Rasmiy sayti | furqattuman.uz |
Xaritada | |
![]() | |
40°30′5.4″N 70°44′27.6″E / 40.501500°N 70.741000°E |
Furqat tumani — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1992-yil 9-aprelda tashkil etilgan. Shim.dan Tojikiston Respublikasi va Dangʻara tumani, gʻarbdan Beshariq, janubiy va sharkdan Oʻzbekiston tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,31 ming km². Aholisi 88,7 ming kishi (2003). Tumanda shaharcha va qishloq fuqarolari yigʻini (Navbahor, Qushchi, Qizil qiyoq, Jangketmon, Qulbobo, Eshon shaharcha, Besh og'a qishlog'i, Toʻrgʻay qishloq, Gʻirri qishloq, Kichik yangi qishloq, Katta yangi qishloq, Koʻk doʻppi qishloq, Xayit qishloq, Shunqor qishloq, Qoʻqonboʻy, Gʻallakor, Gʻuncha va hokazo) bor. Markazi — Navbahor shahar. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus, qirgʻiz va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 286,1 kishi (2003).[2]