Galaktika (yunoncha: Galaktikos — sutli, sutsimon) — umumiy oʻzaro tortishish kuchi bilan bogʻlangan hamda Quyoshni ham oʻz ichiga olgan 200 milliarddan ortiq yulduzning ulkan gravitatsion sistemasi. Galaktikada yulduzlardan tashqari yulduzlararo muhit — gaz, chang va turli mayda kosmik zarralar ham bor. Umumiy koʻrinishi jihatidan mashhur Andromeda tumanligi bilan deyarli bir xil, oʻlchami jihatdan esa undan sezilarli farq qiladi. Diametri taxminan 30 ming parsek (pk); 1 pk=206264,8 astronomik birlik (a.b.)=3,2615 yorugʻlik yili (yo.y.)=30,8561015 m; umumiy massasi taxminan 2-1041 kg (10y ta Quyosh massasiga teng). Quyoshga yaqin atrofda zichligi ~4-10"21 kg/m3. Gallaktikaning oʻzbek tilidagi nomi Somon yoʻli, chunki qadimdan yulduzlar maʼlum bir tekislikka (Gallaktika ekvatoriga) nisbatan zich joylashib olganligi kuzatilgan boʻlib, ota-bobolarimiz uni arava ketidan toʻkilib borgan somondan hosil boʻlgan yoʻlga, yunonlar esa yerga toʻkilgan sutga oʻxshatganlar. Yunon faylasufi Demokrit: „Somon yoʻli son-sanoqsiz yulduzlardan iborat“,- deb taxmin qilgan edi. Shunday ekanligini birinchi boʻlib G. Galiley isbotladi (1610). Ingliz astronomi V. Gershel XVIII asrda gallaktikani izchil oʻrgana boshladi. Keyinchalik uni jahondagi koʻp olimlar oʻrganishdi va gallaktikaning yangi-yangi qirralarini aniqlashdi. Oʻzbekistonda gallaktikaga doir masalalar asosan Oʻzbekiston FA Astronomiya institutida va Oʻzbekiston Milliy universiteti astronomiya kafedrasida oʻrganiladi.
Gallaktika massasining 97% ini yulduzlar tashkil etadi. Somon yoʻli markazi gallaktikaning oʻzagida boʻlib, gallaktika uning atrofida differensial tarzda aylanish xususiyatiga ega. Gallaktikaning aylanish oʻqi Somon yoʻli tekisligiga perpendikulyar boʻlib, uning shimoliy qutbi Veronika sochlari yulduz turkumi yoʻnalishida, janubiy qutbi esa Haykaltarosh yulduz turkumida joylashgan. Gallaktika oʻzagidan Quyoshgacha boʻlgan masofa 32,6 ming yo. y.=30,85610"m ga teng. Quyosh sistemasi Somon yoʻli markazi atrofida 250 km/sek tezlik bilan hara-kat qilib, 230 mln. yil ichida bir marta toʻla aylanib chikddi. Quyosh sistemasi galaktikaning ekvatorial tekisligidan atigi 66,22-1013 km ga teng masofada yotadi. Bu masofa galaktikamiz oʻrtacha qalinligidan taxminan 150 marta kichik.
Galaktikaning optik diapazonda koʻrinadigan qismiga yon tomondan qaralganda u choʻzinchoq, yupqa linza shakliga ega. Uning diametri boʻyicha joylashgan asosiy massa Somon yoʻlini tashkil qiladi. Galaktika tuzilishiga doir tadqiqotlar elektromagnit nurlanish spektrining barcha diapazonlarida olib boriladi. Galaktikamizda infraqizil nurlar, rentgen nurlari va hatto gamma-nurlar manbalari topildi. Galaktika tarkibi, massasi va b. parametrlari boʻyicha u turlicha alohida komponentlar — oʻzak, disk, balj, galo va tojdan iborat ekan. Geometrik va kinematik jihatlaridan disk va galo bir-biridan keskin farq qiladi. Diskning yoshi galo yoshidan kamida 2 marta kichik. Yulduzlarning fizik harakteristikalari nuqtai nazaridan va tarkibi jihatidan esa galaktika asosan ikkita tashkil etuvchi toʻplamlarga boʻlinadi. I tur yulduz toʻplamiga eng yosh, qaynoq yulduzlar, oʻta gigantlar, uzun davrli sefeidalar, yangi va oʻta yangi yulduzlar, gaz-chang moddalari hamda yulduzlarning tarqoqsimon toʻdalari kiradi. Bu toʻplam obyektlari faqat Somon yoʻlida, uning simmetriya tekisligi va yaqin atrofida joylashib, galaktikaning boshqa joylarida, xususan, oʻzak yoki galo qismlarida umuman kuzatilmaydi. Ularni tekislik tashkil etuvchi qism obyektlari ham deyiladi. I tur toʻplamidagi yudduzlar Somon yoʻli tekisligida spiralsimon tarmoqlar chizib joylashgan. Aynan shu sababli bizning galaktika spiral galaktikalar sinfiga kiradi. II tur yulduz toʻplamiga qisqa davrli sefeidalar, subkarlik, qizil gigant kabi yulduzlar hamda yulduzlarning sharsimon toʻdalari kiradi. Ular, asosan, galaktikaning sfera tashkil etuvchi qismidan joy olgan. Bu toʻplamdagi yulduzlarning galaktika simmetriya tekisligiga nisbatan tezliklar dispersiyasi qiymati I tur toʻplamdagi yulduzlarnikidan ancha katta. Buning sababi galaktikamiz kelib chiqishi va evolyutsiyasi bilan bogʻliq. II tur obyektlari bor yerda I tur toʻplamidan birorta obyekt kuzatilmaydi va, aksincha, II tur obyektlari tekislik tashkil etuvchi qismida koʻrinmaydi. Ushbu dalil galaktikamiz sferik shakldagi gazsimon ulkan bulutning gravitatsion siqilishi natijasida paydo boʻlganligini, hozirgi tuzilishi esa avval sfera tashkil etuvchi qism yulduzlari vujudga kelganligini koʻrsatadi.
Galaktika markazi Qavs yulduzlar turkumida joylashgan. U koʻproq changdan iborat qalin qatlam bilan oʻralgan. galaktika markazining yorqinligi 1042 erg/s. Oʻzak, asosan, qizil gigantlar, quyi spektralsinflarning mitti yudduzlaridan iborat. Galaktikamiz oʻzagi va Somon yoʻli qismi bir qarashda tinch, sokin boʻlib koʻrinadi. Aslida esa ularda tinimsiz va joʻshqin kechayotgan turli fizik jarayonlar, jumladan, yulduzlar portlashi, gaz oqimi uzluksiz ajralib turishi yoki murakkab toʻqnashuvlari, yulduzlar kollapega uchrash holatlari, pulsar va qora oʻralarning vujudga kelishi hodisalari kuzatiladi[1].
Galaktika yulduzlar, yulduz qoldiqlari, yulduzlararo gaz-chang va qora moddadan iborat katta, gravitatsiya bilan bogʻlangan tizimdir[2]. „Galaktika“ soʻzi yunoncha galaksias (grekcha: γαλαξίας) dan olingan boʻlib, „sutli“, degan maʼnoni bildiradi (Somon Yoʻlining toʻkilgan sutga oʻxshashidan). Galaktikalar turli xil: yulduzlari soni 10 milliondan (107)[3] oshmaydigan mitti galaktikalardan to yuzlab trillion (1014) yulduzlarga ega bahaybat galaktikalargacha maʼlum.
Galaktikalarda turli miqdorda yulduz tizimlari, klasterlari va yulduzlararo bulut topiladi. Ushbu jismlar orasida siyrak gaz-chang va kosmik nurlar boʻladi. Qora modda aksariyat galaktikalarning massasining 90 %ini tashkil etishi taxmin qilinadi. Kuzatuvlar shuningdek deyarli barcha galaktikalar markazida oʻta katta qora tuynuklar borligidan dalolat bermoqda. Somon Yoʻli markazida kamida bitta shunday jism mavjud[4].
Galaktikalar tarixan ularning shakliga binoan turkumlarga ajratilgan. Keng tarqalgan shakl elliptik galaktikadir, uning profili ellipsni eslatadi. Spiral galaktikalar esa spiralsimon disk shaklidadir. Noaniq yoki gʻayrioddiy shakllilar notoʻgʻri galaktika deyiladi, bunday shaklga ular qoʻshni galaktikalar taʼsiri tufayli kelgan[5].
Kuzatiladigan olamda 170 milliarddan (1,7 × 1011) ortiq galaktika mavjud[6]. Aksariyat galaktikalar diametri 1 000 — 100 000[7] parsek va bir-biridan millionlab parsek (megaparsek) uzoqlida joylashgan[8]. Galaktikalararo fazo juda siyrak gazdan (~1 atom/m3) iborat. Koʻpchilik galaktikalar galaktika guruhlariga yigʻilgan, ular esa oʻz navbatida superklasterlarga toʻplangan. Eng katta miqyosda galaktikalar iplarga jamlangan va nihoyatda keng boʻshliq bilan oʻralgandir[9].