Geomagnit qutblar - Yer magnit oʻqining Yer sirti bilan kesishgan nuqtalari. Sirtdan qaraganda, Yerni, magnit oʻqi Yer aylanish oʻqi bilan taxminan 11,5° burchak hosil qiladigan bir jinsli magnitlangan shar deb hisoblash mumkin. Geomagnit qutblar.da izogon chiziqlar tugun boʻlib yigʻiladi. Geografik qutblarga yaqin joylashgani uchun shim. va jan. geomagnit qutblar. deyiladi.