Gestapo

Gestapo (nem. Gestapo, Geheime Staatspolizei ning qisqartirilgani) — fashistlar Germaniyasida maxfiy davlat politsiyasi. 1933-yil aprelda natsizmga qarshi muxolifatni jismonan yoʻqotish maqsadida tuzilgan. Germaniyadan tashqari gestapo agentlari josuslik bilan shugʻullanib, siyosiy qotilliklarni amalga oshirgan. Gestapo ayniqsa 1939—45 y.lardagi Ikkinchi jahon urushi davrida faol harakat qilgan, qator ajal lagerlari tashkil etgan. Germaniyada fashizm tormor qilinganidan keyin gestapo qonundan tashqari deb eʼlon etilgan. Nyurnberg protsessiaa gestapo yuz minglab kishilarning halok boʻlishida aybdor jinoiy tashkilot, deb tan olingan.

Tashkil etilishi va rivojlanishi

Gestapo 1933-yilda Gitler hukumatga kelgandan so‘ng, boshda Germaniya ichidagi qarshilik harakatlarini yo‘q qilish maqsadida tashkil etilgan. Uni Hermann Gering tashkil etdi, ammo 1934-yilda Genrix Gimmler boshqaruvni o‘z qo‘liga oldi. Gestapo Germaniyaning ichki xavfsizlik xizmati sifatida ishlagan va fuqarolar orasida natsistik siyosatga qarshi chiqqanlarni aniqlash uchun kuchli tizim yaratdi.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne