Gitara

Gitara

Klassik akustik gitara (neylon torli)
Torli asbob
Turi

Torli asbob
Hornbostel–Sachs klassifikatsiyasi 321.322
(Kompozit xordofon)
Registri

(standart sozlangan gitara)
Oʻxshash asboblar

Gitara — qadimiy va keng tarqalgan torli musiqa asbobi. Odatda oltita torli boʻladi. Biroq toʻrt, yetti, oʻn va oʻn ikki torli gitaralar ham mavjud. Gitaraning ikki asosiy turi bor: akustik hamda elektrogitara. Akustik gitarada tovush torlar va gitara qornidan chiqadi. Zamonaviy akustik gitaralarning uch turi bor: klassik gitara, poʻlat torli gitara va arkali gitara.

Elektrogitaralar 1930-yillarda ixtiro qilindi. Bu gitaralar maxsus kuchaytirgich orqali tovushni oʻzgartira oladi. Ilk elektrogitaralarning qorni kovak boʻlgan. Ammo keyinchalik elektrogitaralarda kichkina, qattiq qorinlar qoʻllanila boshlandi.

Gitara millatlararo eng ommabop cholgʻulardandir. Gitaralar koʻpincha blues, bluegrass, country, flamenco, folk, jazz, jota, mariachi, heavy metal, punk, reggae, rok, soul va pop musiqa janrlarida qoʻllanadi.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne