Gobseck

Gobseck

Asarning 1897-yilgi nashri uchun chizilgan rasm
Asl nomi Gobseck
Muallif(lar) Honoré de Balzac
Tarjimon(lar) Mirziyod Mirzoidov
Mahkam Mahmudov
Til fransuzcha
Janr(lar)i qissa
Nashr etilgan sanasi 1830
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1981

„Gobseck“ (talaffuzi: Gobsek) — fransuz yozuvchisi va dramaturgi Honoré de Balzac qalamiga mansub qissa. Muallif qissani 1830-yil yozgan. „Gobseck“ keyinchalik Balzacning „La Comédie humaine“ („Inson komdediyasi“) romanlar toʻplamida chop etilgan.

„Gobseck“ ilk bor eskiz oʻlaroq 1830-yilning mart oyida „l’Usurier“ („Sudxoʻr“) nomi bilan „La Mode“ jurnalida chop etilgan. Oʻsha yilning avgust oyida „Le Voleur“ jurnalida ham chop etilgan. Qissa toʻlaligicha „les Dangers de l’inconduite“ nomi bilan Mame-Delaunay tomonidan chop etilgan. Mazkur versiya 1835-yil „Papa Gobseck“ nomi bilan Madame Charles-Béchet tomonidan ham chop etilgan. Qissa „Gobseck“ tituli bilan 1842-yil „La Comédie humaine“ toʻplamida chop etilgan.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne