Good Will Hunting

Good Will Hunting
Rejissyor(lar) Gus Van Sant
Prodyuser(lar) Lawrence Bender
Ssenariynavis(lar)
Rollarda
Bastakor(lar) Danny Elfman
Kinematografiya Jean-Yves Escoffier
Muharrir(lar) Pietro Scalia
Distribyutor Miramax Films[1]
Chiqarilgan sanasi Qoʻshma Shtatlar 2-dekabr, 1997
Davomiyligi 126 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $10 million[2]
Film aktyorlari Matt Damon va Ben Affleck AQSh prezidenti Bill Clinton bilan

Good Will Hunting (oʻzbekcha: Oqil Uill Hanting) — rejissor Gus Van Sant tomonidan 1997-yilda suratga olingan, psixologik drama janridagi amerika filmi.

Filmda Robin Williams, Matt Damon, Ben Affleck, Minnie Driver va Stellan Skarsgardlar rol ijro etishgan. Ssenariy mualliflari Affleck va Damon tomonidan yozilgan kinokartina Janubiy Bostonda yashovchi 20 yoshli farrosh va bir vaqtning oʻzida matematik iqtidor sohibi Will Hunting (Damon) hamda uning hayot yoʻlini tanlab olish urinishlari haqida hikoya qiladi.

Film tanqidchilarning, asosan, ijobiy fikr-mulohazalarini olgan va $10 million byudjet sarflangan holda $225 million toʻplagan.

Kinokartina AQSh Kinoakademiyasi Mukofotining 70-marosimida 9 nominatsiyada (ular orasida Eng yaxshi film va Eng yaxshi rejissor nominatsiyalari ham boʻlgan) nomzod sifatida koʻrsatilgan va ikki: Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor nominatsiyasi (Robin Williams) va Eng yaxshi original ssenariy nominatsiyasida (Affleck hamda Damon) zafar quchgan.

Film Allen Ginsberg va William Burroughs xotirasiga bagʻishlangan. Good Will Hunting 2014-yilda „The Hollywood Reporter“ning „100 sevimli filmlar“ roʻyxatida 53-oʻrinni band etgan boʻlsa, IMDB talqini boʻyicha 250 eng yaxshi filmlar roʻyxatiga kiradi[3].

  1. 1,0 1,1 „Good Will Hunting (1997)“. AFI Catalog of Feature Films. 19-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-yanvar 2018-yil.
  2. „Good Will Hunting (1997) - Financial Information“. The Numbers. 10-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-aprel 2016-yil.
  3. https://www.imdb.com/chart/top/

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne