Graaf pufakchasi

Graaf pufakchasi (golland anatomi R. Graaf nomidan) — odam va sut emizuvchi hayvonlar tuxumdonida tuxum hujayra yetiladigan pufakcha (follikul). Yetilgan G.p. yorilgach, ichidagi tuxum hujayra qorin boʻshligʻiga tushadi, undan bachadon nayiga (tuxum yoʻliga) kiradi. Yorilgan G.p. oʻrnida muvaqqat endokrin bez — sariq tana hosil boʻladi.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne