Gruziya Respublikasi საქართველო Sakartvelo | |
---|---|
Shior: ძალა ერთობაშია (Kuch birlikda) | |
Madhiya: თავისუფლება;Tavisupleba (Ozodlik) | |
![]() | |
Poytaxt | Tbilisi |
Eng katta shahar | Tbilisi, Kutaisi, Batumi, Rustavi |
Rasmiy til(lar) | gruzincha (gurjincha) |
Hukumat | Parlamentar-prezidentlik respublika |
Salome Zurabishvili | |
• Bosh vazir |
Georgi Gaxaria |
Mustaqillik (Sovet Ittifoqidan) | |
• Sana |
9-aprel 1991 |
Maydon | |
• Butun |
69 700 km2 (118-oʻrin) |
• Suv (%) |
<1 |
Aholi | |
• 2015-yilgi roʻyxat |
3 729 500 (130-oʻrin) |
• Zichlik | 65/km2 |
YIM (XQT) | 2014-yil roʻyxati |
• Butun |
34,209 million $ (110-oʻrin) |
• Jon boshiga |
7 139 $ |
Pul birligi | Lari (GEL) |
Vaqt mintaqasi | UTC+4 |
Qisqartma | GE, GEO |
Telefon prefiksi | 995 |
Internet domeni | .ge |
Gruziya yoki Gurjiston, rasman Gruziya Respublikasi (gruzincha: საქართველო [sɑkʰɑrtʰvɛlɔ], Sakartvelo) – Kavkazortining markaziy va garbiy qismlarida, Qora dengizning sharqiy qirgʻoqida joylashgan mamlakat. Qisman Sharqiy Yevropaning eng chekka janubi-sharqiy qismida, qisman Yaqin Sharqning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Umumiy maydoni 69 700 km²2. Aholisining umumiy soni 3 729 500 kishi (2015). Poytaxti – Tbilisi shahri.
Shimolda Rossiya, janubda Armaniston, janubi-gʻarbda Turkiya, sharqda va janubi-sharqda Ozarbayjon bilan chegaradosh. Gruziya maʼmuriy hududiy boʻlinish boʻyicha 2 ta muxtor respublika va 10 ta viloyatdan iborat (gruzincha: მხარე / mxare). Ushbu muxtor respublikalar va viloyatlar 59 ta munisipalitetga boʻlingan. 4 ta shahar: Batumi, Kutaisi, Poti va Rustavi viloyatlar huquqiga ega. Gruziya hududiga kiruvchi 2 ta muxtor respublika: Abxaziya va Janubiy Osetiya de-fakto qisman tan olingan mamlakatlar hisoblanadi va ushbu respublikalar hududlari Gruziya tomonidan de-fakto boshqarilmaydi. Ushbu hududlar Gruziya, AQSH, YXHT Parlament Assambleyasi va Yevropa komissiyasi tomonidan Rossiya okkupatsiyasidagi Gruziya hududlari deb tan olingan.