Guane

 

Deformatsiyalangan Guane bosh suyagi

Guane Janubiy Amerika xalqi boʻlib, asosan Santander hududida va Boyaca shimolida, hozirgi markaziy Kolumbiyaning ikkala departamentida yashagan. Ular paxta,ananas va boshqa ekinlar yetishtiruvchi dehqonlar, paxta toʻqimachiligida ishlagan mohir hunarmandlar edi. Guane xalqi Chicamocha daryosining shimolida, janubdagi Velezdan Santander poytaxtigacha choʻzilgan hududda Chicamocha kanyoni atrofida yashagan; Shimolda esa Bukaramanga[1]hududida istiqomat qilishgan. Boshqa manbalarga koʻra, ularning hududi shimoldan uzoqqa choʻzilmagan. Santanderning Barichara shtatidagi korregimiento Guane xalqining poytaxti boʻlgan.

  1. (ispancha) Guane people and their territories

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne