Hanzala

Hanzala Ibn Abu Omir (arabcha : حنظله ﺍﺑﻦ ﺍﺑﻲ ﻋﺎﻣﺮ) (taxminan 601—625) – Islom paygʻambari Muhammadning sahobalaridan biri[1]. Ansorlarning Banu Avs qabilasidan boʻlgan. Otasi Abu Omir nasroniy edi[2]. Hanzala Uhud jangida mushriklarga qarshi jang qilib vafot etganida endigina 24 yoshda edi[3]. Hanzala piyoda askar boʻlib, Abu Sufyon ibn Harbning otiga hujum qildi. Biroq Abu Sufyon ibn Harbni Shaddod ibn al-Asvad (Ibn Shaʼub nomi bilan ham tanilgan) qutqarib qoldi va keyin Hanzalani oʻldirdi[4][5].

Hanzala birinchi nikoh oqshomida rafiqasi Jamilani (Abdulloh ibn Ubayning qizi) qoldirib, jihod chaqirigʻiga javob berish uchun jang maydoniga joʻnab ketdi. Gʻusl olishga ulgurmadi. Muhammad sollallohu alayhi vasallam Hanzalani er bilan osmon oʻrtasida kumush idishlarda saqlangan chuchuk yomgʻir suvi bilan choʻmdirayotgan farishtalarni koʻrgan. Oʻgʻli Abdulloh ibn Hanzala Madina ahlini Umaviylar xalifasi Yazid I ga qarshilik koʻrsatishga buyurdi[6][7].

  1. „Hazrat Hanzala (R.A)“. www.janathimessage.co.uk.
  2. „Shiavault - a Vault of Shia Islamic Books“. www.shiavault.com.
  3. „Rights of Holy Prophet Muhammad (saw) on his followers (Rights of Rasoolullah), Last Prophet, Seal of the Prophets, Messenger of Allah“. www.ezsoftech.com.
  4. Christie, Dr Niall. The Book of the Jihad of 'Ali ibn Tahir al-Sulami (d. 1106): Text, Translation and Commentary. Ashgate Publishing, Ltd., November 28, 2015. ISBN 9780754667728. 
  5. The History of al-Tabari Vol. 7: The Foundation of the Community: Muhammad At Al-Madina A.D. 622-626/Hijrah-4 A.H.. SUNY Press, January 1, 1987. ISBN 9780887063442. 
  6. „Hanzala bin Abi 'Amir al-Rahib“. 2018-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-noyabr.
  7. Faizer, Rizwi. The Life of Muhammad: Al-Waqidi's Kitab Al-Maghazi. Routledge, September 5, 2013. ISBN 9781136921148. 

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne