Harry S. Truman | |
---|---|
![]() Rasmiy portret (tax. 1947) | |
33-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti | |
Mansab davri 12-aprel 1945-yil – 20-yanvar 1953-yil | |
Vitse-prezident |
|
Oʻtmishdoshi | Franklin D. Roosevelt |
Vorisi | Dwight Eisenhower |
34-Amerika Qoʻshma Shtatlari vitse-prezidenti | |
Mansab davri 20-yanvar 1945-yil – 12-aprel 1945-yil | |
Prezident | Franklin D. Roosevelt |
Oʻtmishdoshi | Henry A. Wallace |
Vorisi | Alben W. Barkley |
AQSh senatori (Missouridan) | |
Mansab davri 3-yanvar 1935-yil – 17-yanvar 1945-yil | |
Oʻtmishdoshi | Roscoe C. Patterson |
Vorisi | Frank P. Briggs |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
8-may 1884-yil Lamar, Missouri), AQSh |
Vafoti |
26-dekabr 1972-yil (88 yoshda) Kansas City, Missouri, AQSh |
Fuqaroligi |
![]() |
Siyosiy partiyasi | Demokratlar partiyasi |
Boʻyi | 175 sm |
Turmush oʻrtogʻi |
Bess Wallace (turm. 1919) |
Bolalari | Margaret Truman |
Ota-onasi |
|
Kasbi |
|
Imzosi |
![]() |
Harry S. Truman[1] (talaffuzi: Harri Trumen; 8-may 1884-yil — 26-dekabr 1972-yil) — 1945-yildan 1953-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 33-prezidenti lavozimini bajargan. Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Truman bungacha 1935-yildan 1945-yilga qadar Missouri shtatidan senator vazifasida faoliyat yuritgan. 1944-yilgi prezidentlik saylovlarida u prezident Franklin D. Rooseveltning yordamchisi oʻlaroq qatnashib, gʻalaba qozondi va 1945-yili vitse-prezident lavozimiga kirishdi. U bu lavozimda Rooseveltning vafoti tufayli taxminan toʻrt oygina faoliyat yuritdi. Prezident oʻlaroq Truman Gʻarbiy Yevropa iqtisodiyotini qayta tiklash boʻyicha Marshall rejasini amalga oshirdi hamda kommunizmning kengayishini toʻxtatish uchun Truman doktrinasi va NATOni tashkil etdi. U koʻplab liberal ichki islohotlarni taklif qildi, ammo Konservativ Koalitsiya koʻpchilikni tashkil qilgan Kongressda ularning bir nechtasigina qabul qilindi.
Truman Missouri shtatining Independence shahrida ulgʻaygan. Birinchi jahon urushi davomida kapitan sifatida Fransiyada jang qilgan. Uyga qaytgach, Missouri shtatining Kansas shahrida kiyim-kechaklar sotiladidan doʻkon ochdi. 1922-yilda Jackson okrugi rasmiysi etib saylandi. Truman 1934-yilda Missouri shtatidan senator etib saylandi hamda Truman qoʻmitasi raisi oʻlaroq obroʻ qozondi. Prezidentlik lavozimiga kirishganiga koʻp boʻlmay, u Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasi tashlash haqida buyruq berdi. U 1948-yilgi prezidentlik saylovlarida ham qatnashdi va gʻalaba qozonib, ikkinchi muddatga qayta saylandi.