Hims حِمْص | |
---|---|
Shahar | |
34°43′51″N 36°42′34″E / 34.73083°N 36.70944°E | |
Mamlakat | Suriya |
muhofaza | Hims |
tuman | Hims |
Hukumat | |
• Voliy | Namir Habib Maxluf[1] |
Asos solingan | Miloddan avvalgi 2000-yil |
Maydon | 48 km2 (19 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | arab tili |
Aholisi (2017) |
775,404[2] |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 |
Telefon kodi | +963 31 |
|
Hims (arabcha: حمص) — Suriyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Hims muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 705 ming kishi (2017-yil)[2]. Transport yoʻllari chorrahasi. Hims orqali Iroq va Suriyaning neft konlaridan Tartus va Baniyos portlariga quvurlar, Damashq, Halab va Loziqiyaga oziq-ovqat quvurlari oʻtkazilgan. Neftni qayta ishlash, kimyo, poʻlat prokati, sement, shakarqand, toʻqimachilik va boshqa sanoat korxonalari mavjud. Qishloq xoʻjaligi (hoʻl meva, don, chorvachilik) rayonining savdo markazi. Oʻrta asrlarda qurilgan devor qoldiqlari, Nuriddin masjidi (12-asr) va boshqa meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.