„I'm Yours“ | ||||
---|---|---|---|---|
Jason Mraz qoʻshigʻi | ||||
„We Sing. We Dance. We Steal Things.“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 12-fevral 2008-yil | |||
Yozib olingan | 2007 | |||
Janr | ||||
Davomiyligi |
| |||
Leybl | Atlantic | |||
Matn muallif(lar)i | Jason Mraz | |||
Prodyuser(lar) | Martin Terefe | |||
Jason Mraz singllari xronologiyasi | ||||
|
„I’m Yours“ (tarjimasi „Men senikiman“) — amerikalik xonanda va qoʻshiqnavis Jason Mraz ijro etgan qoʻshiq. 2008-yil Mrazning „We Sing. We Dance. We Steal Things.“ nomli uchinchi studiyaviy albomining birinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. Tarona dastlab 2005-yil xonandaning „Mr. A–Z“ studiyaviy albomini targʻib qilish uchun hozirlangan oz sonli „Extra Credit“ albomida chiqarilgan. Mraz „I’m Yours“ qoʻshigʻini undan ham oldin — 2004-yilda konsertlarda ijro eta boshlagan.
„I’m Yours“ Mrazga katta shuhrat olib kelgan. Qoʻshiq „Yil qoʻshigʻi“ (inglizcha: Song of the Year) hamda „Erkak ijrosidagi eng yaxshi pop vokal“ (inglizcha: Best Male Pop Vocal Performance) nominatsiyalarida „Grammy“ mukofotiga nomzod qilib koʻrsatilgan. Qoʻshiqning AQShda savdosi chaqqon boʻlgan. Qoʻshiq uchun olingan klip 2022-yilning sentyabriga qadar 685 million marta koʻrilgan. 2021-yilning iyuliga qadar tarona Spotify platformasida 1 milliard martadan oshiq eshitilgan[5].
Tarona „Billboard Hot 100“ xit-paradida oltinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Qoʻshiq mazkur xit-paradda 76 hafta davomida qolib, oʻsha paytda rekord oʻrnatgan. 2013-yil holatiga koʻra, AQShda 6 million, butun dunyo boʻylab 12 million martadan oshiq adadda sotilgan „I’m Yours“ AQShdagi oʻninchi eng bozori chaqqon elektron qoʻshiqdir[6].
Mraz „I’m Yours“ qoʻshigʻini konsertlarida muntazam ravishda ijro etib keladi. Xonanda turli shaharlarda qoʻshiqni jonli ijro etgani aks etgan videolar YouTubeda millionlab marta koʻrilgan. Xonanda 2013-yil Lil Wayne hamda Jah Cure bilan hamkorlikda qoʻshiq remiksini yozgan. Shuningdek, „Sesame Street“ teleseriali uchun qoʻshiqning „Outdoors“ nomi bilan qayta ishlagan.