International Business Machines Corporation (savdo belgisi sifatida IBM nomi ostida tanilgan), Big Blue (Katta Moviy)[1] laqabiga ega, bosh qarorgohi Nyu-York shtatining Armonk shahrida joylashgan Amerika xalqaro texnologiya kompaniyasidir va dunyoning 175 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadi[2][3]. IBM dunyodagi eng yirik sanoat tadqiqot tashkiloti hisoblanadi, u 19 ta tadqiqot markaziga ega bo'lib, o'nlab mamlakatlarda faoliyat olib boradi. Kompaniya 1993 yildan 2021 yilgacha ketma-ket 29 yil davomida AQShda biznes tomonidan yaratilgan eng koʻp yillik patentlar bo'yicha rekordni qo'lga kiritgan[4][5][6].
IBM 1911 yilda Computing-Tabulating-Recording Company (CTR) nomi ostida tashkil etilgan bo'lib, yozuvlarni saqlash va o'lchash tizimlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni birlashtirgan holding kompaniya edi. 1924 yilda kompaniya nomi "International Business Machines" deb o‘zgartirildi va tez orada perforatsion kartalar asosidagi hisoblash tizimlarining yetakchi ishlab chiqaruvchisiga aylandi. 1960-1970 yillarda System/360 misolida ko‘rilgan IBM asosiy kompyuter tizimi dunyodagi yetakchi hisoblash platformasi bo‘lib, kompaniya AQShdagi kompyuterlarning 80 foizini va butun dunyo bo‘yicha kompyuterlarning 70 foizini ishlab chiqargan.[7]
IBM 1980-yillarda IBM Personal Computer bilan mikrokompyuter bozoriga kirib keldi va bu mahsulot tez orada PC nomi bilan tanildi, bu IBM ning eng ko‘p sotilgan mahsulotlaridan biri bo‘ldi. Biroq, IBM ning yetarlicha uzoqni ko‘ra olmagani sababli[8][9], PC intellektual mulk qonunlari bilan yaxshi himoyalanmagan edi. Natijada, IBM tez orada PC bozorida o‘zining bozor ustunligini yangi paydo bo‘layotgan raqobatchilarga yo‘qota boshladi.