Imomat (doktrina)

Sakkizinchi imom — Imom Rizo haramlarida qadr kechasi

Tarixdan ma'lumki, Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan so‘ng, musulmonlar ikki guruhga, yo'nalishga bo‘linib ketishadi:

Bir guruh Muhammad (s.a.v.) o‘zlaridan keyin o‘rinbosar va voris tayinlamay, bu ishni ummatning zimmasiga topshirganlar va ular o‘z oralaridan o‘zlari uchun rahbar saylab olishlari lozim deb, e’tiqod qiladilar. Ushbu guruhga Ahl as-Sunna val-Jamoa — «ahli sunnat» deb, aytiladi.

Ikkinchi guruh esa Muhammad (s.a.v.)ning xalifa va vorislari ul zotning o‘zlaridek, gunoh va sahv-xatolardan ma’sum va pok, ummatga «ma’naviy va moddiy» jihatdan rahbarlik qila oladigan hamda islomning poydevorini saqlab qolib, uni davom ettira oladigan darajada teran ilmga ega bo‘lmog‘i zarur deb, e’tiqod qiladilar. Ularning e’tiqodicha, bunday xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxsni rahbar va yo‘lboshchi etib tayinlash faqat Alloh tarafidan va Muhammad (s.a.v.)ning tillaridangina amalga oshishi mumkindir. Muhammad (s.a.v.) bu o‘ta muhim ishni amalga oshirib, hazrati Ali(a.s.)ni o‘zlarining o‘rinbosar va vorislari etib tayinlaganlar, deb ishonadilar. Bu guruh esa «imomiya» yoki «shia» deb, nom olgan.

Ushbu maqoladan ko‘zlagan maqsad – imomat masalasini aqliy, tarixiy va Qur’oniy dalillarga tayanib hamda Muhammad (s.a.v.) sunnatlariga asoslanib tahlil qilish va isbotlashdan iborat.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne