„In the Shadows“ | ||||
---|---|---|---|---|
The Rasmus qoʻshigʻi | ||||
„Dead Letters“ albomidan | ||||
B tomon | „If You Ever“ | |||
Chiqarilgan sanasi | 2003 | |||
Davomiyligi | 4:19 | |||
Leybl |
| |||
Matn muallif(lar)i |
| |||
Prodyuser(lar) |
| |||
The Rasmus singllari xronologiyasi | ||||
| ||||
Kliplari | ||||
„In the Shadows“ (fin/bandit versiyasi) YouTubeda | ||||
„In the Shadows“ (Yevropa/qargʻa versiyasi) YouTubeda | ||||
„In the Shadows“ (AQSh/koʻzgu versiyasi) YouTubeda |
„In the Shadows“ (tarjimasi „Soyalarda“) — The Rasmus fin guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2003-yil guruhning „Dead Letters“ nomli beshinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. Guruh repertuaridagi eng taniqli taronalarning biri.
Qoʻshiq Yevropa va Okeaniya xit-paradlarida yuqori pogʻonalarga koʻtarilgan. Xususan, Buyuk Britaniya singllar xit-paradida uchinchi[1], Finlandiya, Germaniya[2], Vengriya hamda Yangi Zelandiya xit-paradlarida esa birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Qoʻshiq 2004-yil „Kerrang! Award for Best Single“ mukofotiga nomzod qilib koʻrsatilgan.
„In the Shadows“ qoʻshigʻi „Guitar Hero World Tour“ videooʻyiniga kiritilgan. Fransiyada esa 2006-yildan 2020-yilgacha „On n'est pas couché“ dasturining musiqiy mavzusi oʻlaroq qoʻllangan. 2004-yil „Eddsworld“ veb-seriali asoschisi Edd Gould f „Creative Shadows“ animatsion filmida „In the Shadows“ ashulasidan foydalangan.