Insatiable

„Insatiable“
Darren Hayes qoʻshigʻi
„Spin“ albomidan
B tomon „Ride“
Chiqarilgan sanasi 7-yanvar, 2002-yil(2002-01-07)
Studiya Wallyworld (Marin)
Davomiyligi
  • 5:10 (albom versiyasi)
  • 4:15 (radio versiyasi)
Leybl
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar) Walter Afanasieff
Darren Hayes singllari xronologiyasi
Insatiable
(2002)
„Strange Relationship“
(2002)
Klipi
„Insatiable“ YouTubeda

Insatiable“ (tarjimasi „Qonmaydigan“) — avstraliyalik xonanda Darren Hayes ijro etgan qoʻshiq. Ashula „Savage Garden“ guruhi tarqalib ketganidan keyin Hayesning „Spin“ nomli debut albomining asosiy singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiqni Hayes amerikalik musiqachi va qoʻshiqnavis Walter Afanasieff bilan hamkorlikda yozgan. Tarona AQSh radiosida 2002-yilning 7-yanvarida eʼlon qilingan. Avstraliyada esa oʻsha yilning 14-yanvarida CD singl oʻlaroq chiqarilgan.

„Insatiable“ qoʻshigʻi Hayes shuhrati yanada oshishiga turtki boʻlgan. Tarona 2002-yilning 21-aprel kuni boshlangan haftasida Yangi Zelandiya singllar xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan[1]. Avstraliya xit-paradida esa uchinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Shvetsiya va Britaniya xit-paradlarida esa sakkizinchi pogʻonagacha koʻtarilgan.

Qoʻshiq uchun rejissor Alek Keshishian klip suratga olgan. Unda Hayes fikr-u xayolini egallagan aktrisa videolarini tomosha qiladi. Klip uchun Hayes sochini oʻstirib, sariqqa boʻyagan. Xonanda 2022-yil „HuffPost“ nashri uchun yozgan maqolasida AQShdagi studiyalar dastlab ashulani eʼlon qilishga oshiqqani, ammo klipning ilk versiyasini koʻrib, unda Hayes obrazi amerikaliklar uchun „oshiqcha gey“ boʻlishi mumkinligini aytib, xavotir izhor qilishganini xotirlagan[2].

  1. „Darren Hayes - Insatiable“. Charts. Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.
  2. Hayes, Darren „I Was One Of The Most Famous Pop Stars In The World. No One Knew The Secret Pain I Hid.“. HuffPost (2022-yil 1-iyul). Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne