Kurdiston mintaqasi | |
---|---|
Madhiya: ئەی ڕەقیب Ey Reqîb “Ey Raqib” | |
![]() | |
Poytaxt |
Arbil (de-fakto) Kirkuk (Eʼlon qilingan) |
Eng katta shahar | Arbil, Kirkuk, Sulaymoniya, Dahuk va Zaho |
Rasmiy til(lar) |
Kurdcha (Sorani va Kurmanji), arabcha |
Boshqa tillar | Arabcha, armancha, Ossuriycha va turkmancha |
Etnik guruhlar |
Tan olingan etnik guruhlar: kurdlar, ossuriyaliklar, xaldeylar, arablar va turkmanlar |
Din |
Dunyoviy davlat tan olingan dinlar: Islom, xristianlik, iudaizm, mandeizm, yarsonizm, yazidizm va zardushtiylik |
Etnoxoronim(lar) |
kurdlar kurdistonliklar |
Hukumat | Parlamentar muxtor mintaqa |
Nechirvon Barzoniy | |
Masrur Barzoniy | |
• Bosh vazir oʻrinbosari |
Qubad Talabani |
Qonun chiqaruvchi hokimiyat | Kurdiston parlamenti |
Mamlakat; ![]() | |
• Muxtoriyatga asos solingan |
1992-yil 19-may |
• Muxtoriyat deb tan olingan |
2005-yil 15-oktyabr |
Maydon | |
• Butun |
46 862 km2 |
Aholi | |
• 2020-yilgi roʻyxat |
6,171,083 kishi |
YIM (XQT) | 2015-yil roʻyxati |
• Butun |
26.5 milliard AQSh dollari |
• Jon boshiga |
7 000 AQSh dollari |
Gini (2012) |
42 medium |
HDI (2014) |
0.750 high |
Pul birligi | Iroq dinori |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 (AST |
Avtomobil harakati | Oʻng |
Telefon prefiksi | +964 |
ISO 3166 kodi | IQ-KR |
Internet domeni | .krd |
Iroq Kurdistoni (Rasmiy nomi — Kurdiston mintaqasi; kurdcha: ھەرێمی کوردستان, arabcha: إقليم كردستان[1]), shuningdek Janubiy Kurdiston (kurdcha: باشووری کوردستان, arabcha: جنوب كردستان) — Iroq tarkibidagi muxtor mintaqa. Respublika Yaqin Sharqda, asosan Mesopotamiyaning shimoliy qismida va Zagros togʻlarida joylashgan.
Kurdiston konstitutsiyasiga koʻra, poytaxti Kirkuk[2]. Bu shahar bahsli hududlarda joylashgan, bu borada de-fakto markazi Erbilda.
Aholisi — 10 143 760 kishi (2023-yil)[3][4], konstitutsiyaviy chegaralar boʻyicha – 85 027 km²[5]. Shimolda Turkiya, gʻarbda Suriya, sharqda Eron bilan chegaradosh.
Rasmiy tillari – kurd va arab tillaridir. Kurdiston xalqi kurdlar va beshta milliy ozchilikdan iborat: turkmanlar, arablar, Ossuriy-Xaldeylar, armanlar va yahudiylar[2][6].
Janubiy Kurdiston – dunyoviy davlatdir. Rasmiy ravishda tan olingan dinlar: islom, Xristianlik, mandeizm, yarsonizm, yazidiylik va zardushtiylik.
Nechirvon Barzaniy 2019-yilning 28-mayidan buyon Iroq Kurdistoni prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. Peshmerga qurolli kuchlari mintaqa va fuqarolar xavfsizligi uchun javobgardir.