Ishlatuv tizimi (yoki operatsion tizimi) — kompyuterning asosiy dasturidir va boshqa dasturlar uchun platformasi. Zamonaviy kompyuterlarda ishlatuv tizimi BIOSdan keyin yuklanadi.
Bosh ishlatuv tizimlari oilalari:
Microsoft Windows | macOS |
Linux | Solaris |
FreeBSD, OpenBSD, NetBSD | HP-UX |
MS-DOS | UNIX |
Ishlatuv tizimi — kompyuter programmalarining yigʻindisidir. Ishlatuv tizimi(Operatsionnaya sistema)kompyuter va foydalanuvchi orasidagi koʻprik boʻlib, u foydalanuvchi uchun kompyuterni ishlatishni osonlashtiradi. U barcha kompyuterdagi programmalarga va kompyuterning har xil qismlari(hardware: printer, disk oʻqiydigan, harddisk, matritsa)ga link yaratadi. Shunda kompyuterdagi bitta ikonkani bosib biron programmani ochish mumkin. Avvallari esa Ishlatuv tizimi buyruq oynalaridan iborat boʻlgan. U paytlar faqat oynada buyruqni yozib keyin programmani ochish mumkin boʻlgan. Hozirgi Ishlatuv tizimlari oson va qulayroq. Sichqonchani programma ikonkasiga olib borib bir yoki ikki marta bosish bilan programmani ochish mumkin.