Islom respublikasi axborot agentligi – (forscha: خبرگزاری جمهوری اسلامی, Xabargozâri-ye Jomhuri-ye Eslami), yoki IRNA (ایرنا) Eron Islom Respublikasining rasmiy axborot agentligi hisoblanadi. Agentlik shohlik davrida yaʼni 1934-yilning 13-noyabrida Pars yangiliklar agentligi nomi bilan Eron madaniyat va islomiy boshqaruv vazirligi nazorati va moliyalashtirilishi bilan tashkil qilingan. Agentlik shuningdek, Eron gazetasini ham nashrdan chiqaradi. -, 2021-yil holatiga koʻra , Ali Naderi – IRNA ning boshqaruv direktori hisoblanadi. IRNA agentligining Eronda 60 ta va dunyoning turli mamlakatlarida yana 30 ta vakolatxonalari mavjud.[1]