Isuzu (Anadolu)

Anadolu Isuzu Otomotiv Sanayi ve Ticaret A.Ş.
Turi Ochiq aktsiyadorlik kompaniyasi
Tarmogʻi Avtomobil sanoati
Qachon asos solingan 1984
Rahbariyat Mehmet Kamil Eser (President)
Mahsulot(lar)i Pikaplar, yuk mashinalar, avtobuslar, oʻrta avtobuslar
Ishchilar soni 6,000
Vebsayti isuzu.com.tr

Anadolu Isuzu (rasmiy ravishda Anadolu Isuzu avtomobil sanoati va savdo aktsiyadorlik kompaniyasi) — Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan qoʻshma korxona.[1] Bu Anadolu guruhi, Isuzu Motors, Itochu va HICOM kompaniyalari hamkorligida yaratilgan. Uning asosiy faoliyat sohalari yengil yuk mashinalari va oʻrta avtobuslarni ishlab chiqarish va sotishdir. Kompaniya 1984-yilda tashkil etilganidan buyon Isuzu Motors litsenziya shartnomasiga muvofiq 80 mingdan ortiq tijorat avtomobillari ishlab chiqarildi. Anadolu Isuzu avtomobil sohasida birinchi turk-yapon qoʻshma korxonasi

Anadolu Isuzu kompaniyasining tajribasi va nou-xaulari 1965-yilda pikap va mototsikl ishlab chiqarish uchun tashkil etilgan Çelik Montaj kompaniyasiga borib taqaladi. Kompaniya Skoda pikaplarini 1986-yil oxiriga qadar ishlab chiqarishni davom ettirdi. 1984-yilda kompaniya Istanbul Kartal zavodida Isuzu avtomobillarini ishlab chiqarishni boshladi.

1999-yilda Anadolu Isuzu Kojaeli viloyatining Chayirova tumanidagi Gebze Şekerpınar yangi korxonasiga koʻchib oʻtdi. Kompaniyaning yangi zavodi deyarli 230 ming metr kvadratdan tashkil topgandi va 750taga yaqin ish oʻrniga ega edi. Ushbu zavod ikkita alohida yuk mashinalari va avtobus zavodlarini oʻz ichiga oladi. Faqatgina oʻrta avtobuslar ishlab chiqarish zavodi 21750 metr kvadrat maydonni oʻz ichiga oladi va yiliga 4 mingta oʻrta avtobuslar ishlab chiqarish quvvatiga ega.

  1. http://www.isuzu.com.tr/

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne