Jack London

Jack London
Asl ismi John Griffith "Jack" London
Tavalludi 12-yanvar 1876-yil
Vafoti 22-noyabr 1916-yil(1916-11-22)
(40 yoshda)
Ijod qilgan tillari Ingliz tili
Fuqaroligi AQSh
Yoʻnalish Nasr
Janr Realizm va naturalizm

Jon Griffit "Jek" London (inglizcha: John Griffith "Jack" London), (tavallud topganidagi ismi Jon Griffit Cheyni, inglizcha: John Griffith Chaney; 12-yanvar, 1876 — 22-noyabr, 1916)[1] — amerika yozuvchisi va jurnalisti. London asarlari boshqa tillarga eng koʻp tarjima qilingan Amerikalik yozuvchilardar biridir[1]. Bundan tashqaari u keyinchalik ilmiy fantastika nomi bilan mashhur janrning asoschisi ham hisoblanadi[2]. London San FranciscodaThe Crowd“ nomli adabiy guruhning aʼzosi va sotsializm, ishchilar va hayvonlar huquqlarini himoya qiluvchi kuchli advokat edi[3]. London „Temir tovon“(The Iron Heel), „The people of the Abyss“, „War of the Classes“ va „Before Adam“ kabi bu mavzularga tegishli bir qancha asarlar yozgan. Jek Londonnning eng mashhur asarlari „Oq soʻyloq“ (inglizcha: White Fang) (1906) romani va „Yovvoyilik chaqirigʻi“ (inglizcha: The Call of the Wild) (1903) novellasidir. Oʻzbek kitobxonlariga London oʻzining „Martin Iden“ (1908—1909) romani bilan yaxshi tanish. Jek London oʻz asarlarida romantizm va oddiy hayot qiyinchiliklari haqida yozgan. London birgina asar yozish bilan butun dunyoda shuhrat qozongan va katta mablagʻ ishlagan birinchi yozuvchilardandir[4].

  1. 1,0 1,1 „Jack London“. Encyclopædia Britannica. Qaraldi: 4-may 2012-yil.
  2. (1910) "Specialty of Short-story Writing, " The Writer, XXII, January-December 1910, p. 9: „There are eight American writers who can get $1000 for a short story—Robert W. Chambers, Richard Harding Davis, Jack London, O. Henry, Booth Tarkington, John Fox, Jr., Owen Wister, and Mrs. Burnett.“ $1,000 in 1910 dollars is roughly equivalent to $Andoza:Inflation today
  3. Swift, John N. „Jack Londonʼs ‘The Unparalleled Invasionʼ: Germ Warfare, Eugenics, and Cultural Hygiene.“ American Literary Realism, vol. 35, no. 1, 2002, pp. 59-71. JSTOR 27747084.
  4. (1910) "Specialty of Short-story Writing, " ("Qisqa hikoya yozish sohasi) The Writer, XXII, Yanvar-dekabr, 1910, 9-bet

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne