Jaidep Ahlavat

Jaidep Ahlavat
Tavalludi 8-fevral 1980
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 2008-bugungi kun
Turmush oʻrtogʻi Jyoti Ahlavat

Jaidep Ahlavat (hindcha: जयदीप अहलावती, ruscha: Джайдип Ахлават, inglizcha: Jaideep Ahlawat) — hind filmlarida suratga tushgan hind aktyori. 2008-yilda Pune shahridagi Hindiston kino va televideniye institutini (FTII) tamomlagan. Oʻqishni tugatgandan soʻng, u aktyor boʻlish orzularini amalga oshirish uchun Mumbayga yoʻl oldi. U Bollywooddagi faoliyatini Aakrosh (2010) kabi filmlardagi kichik rollar bilan boshlagan va oʻsha yili u Xatta Mitha nomli satira komediya filmida ham rol ijro etgan. Garchi u Chittagong (2011) va Rockstar (2011) filmlarida kichikroq rollarda paydo boʻlgan boʻlsa-da, oʻz muhlislariga ega boʻla oldi. Filmda Shohid Xon ismli personajni ijro etdi. Vasseypur to'dalari (Gangs of Wasseypur 2012) filmiga qadar eʼtibordan chetda qolgan edi. Jaidep 2013-yilda chiqarilgan „Komando: Bir kishilik armiya“ (Commando: A One Man Army) hind filmida yovuz qahramon rolini ijro etgan. Ahlavat Aatma (2013), Gabbar qaytdi (Gabbar Is Back 2015) va Meeruthiya Gangsters (2015) Vishwaroopam 2 kabi filmlarda rol ijro etdi. Jaidepning Alia Bhatt bilan bosh rol ijrosi Raazi (2018) filmidagi RAW agenti Mir obrazi juda qadrlangan. Jaidep Amazon Prime veb-serialidagi Paatal Lok (2020) filmidagi bosh rolni Dehli politsiyasi inspektori Xatiram Chaudxari rolini oʻynab, oʻzining eng keng eʼtirofiga sazovor boʻldi, bunda u Drama serialidagi birinchi FILMFARE eng yaxshi erkak aktyoriga sazovor boʻldi. U shuningdek, Shohruh Xon tomonidan ishlab chiqarilgan Bollywood filmi Raeesda paydo boʻldi[1], u birinchi marta Raeesda Navab (Musoning yordamchisi), Anurag Kashyapning Vasseypur toʻdalarida (2012) Shahid Xon rolida mashhurlikka erishdi[2] va Commando filmida AK 74 sifatida[3][4].

  1. Magan. „8 Years In Bollywood & Finally Getting His Due, Jaideep Ahlawat Is an Actor We Want To See More of“ (inglizcha). ScoopWhoop (21-may 2018-yil). 17-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2019-yil.
  2. „Gangs Of Wasseypur changed my life: Jaideep Ahlawat - Times of India“ (inglizcha). The Times of India. 29-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2019-yil.
  3. „Why is Jaideep Ahlawat not visible in Vishwaroopam promos? - NDTV Movies“. 2013-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Commando: Jaideep Ahlawat plays a baddie called AK74“. News18 (11-aprel 2013-yil). 17-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2019-yil.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne