Jaloliddin Manguberdi | |
---|---|
![]() Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag‘ishlangan 25 so‘mlik tanga. 1999-yil. | |
Davlat nomi | Xorazmshohlar |
Tugʻilishi |
Mankburni Manguberdi 1198-yil |
Vafoti |
1231-yilning avgust oyida Diyorbakir viloyati Silvan tumani Ayn Dar qishlogʻi |
Dafn etilgan joy |
Silvan yoki Tuncelida ekani taxmin qilinadi |
Sulola | Anushteginiylar |
Otasi | Muhammad Xorazmshoh |
Onasi | Oychechak |
Dini | Islom |
Jaloliddin Manguberdi (Turkman: Jelaleddin Meňburny, arabcha: جلال الدين منكبرتي — Jalāl al-Dīn Mengburnī, toʻliq ismi – Jelaleddin Abulmuzaffar Mangburni ibn Muhammad) (1198—1231) – Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Muhammad Xorazmshohning toʻngʻich oʻgʻli, kelib chiqishi Turkmanlarning Begdili urugʻiga borib taqaladi[1][2]. Jaloliddin 33 yil umr koʻrgan boʻlib, shundan 11 yili turli janglar ichida oʻtgan. Toʻliq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad. Onasi – Oychechak boʻlgan. Dastlab u taxt uchun asosiy da'vogar hisoblanmagan, chunki onasi Oychechak Aluddin Xorazmshoh haramidagi kanizaklardan biri edi. Taxt vorisi G'iyosiddin Pirshoh boʻlgan va uning taxt borasidagi da'volarini onasi Terken Xotun qo'llab quvvatlagan. Ammo, otasi o'limi oldidan Jaloliddinni taxt vorisi qilib tayinlaydi, Jaloliddin Anushteginiylar Turkman Sulolasidan boʻlgan.