Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Maydoni | 17,850,000 km² |
---|---|
Aholisi | 420,458,044 (2016) |
Aholi zichligi | 21.4/km2 |
Etnoxoronim | Janubiy Amerikalik |
Davlatlar | 13 ta |
Tillar | ispancha, portugalcha, inglizcha, fransuzcha, nemischa va boshqa asosiy tillar |
Vaqt mintaqalari | UTC-2dan UTC-5gacha |
Yirik shaharlar |
São Paulo Lima Bogotá Rio de Janeiro Santiago Karakas Buenos Aires Salvador Brazilia Fortaleza |
Janubiy Amerika – Gʻarbiy yarimsharning janubiy qismidagi materik, Amerika qitʼasining janubiy yarmi.[1][2] Sharqdan Atlantika okeani, gʻarbdan Tinch okeani oʻrab turadi. Shimolida Panama boʻyni orqali Shimoliy Amerika bilan tutash, janubida Dreyk boʻgʻozi orqali Antarktidadan ajralib turadi. Materikning eng uzun joyi 7150 km, eng keng joyi 5100 km. Janubiy Amerika tarkibiga Shamolsiz orollar, Trinidad orol, Folklend, Olovli Yer va Chili arxipelaglari, Galapagos orollari kiradi.
Maydoni 17,85 million km², orollar bilan birga hisoblaganda esa 18,28 million km². Aholisi 420 millionni tashkil qiladi aholisi soni boʻyicha dunyoda beshinchi oʻrinda (Osiyo, Afrika, Yevropa va Shimoliy Amerikadan keyin) turadi.