Jobir ibn Abdulloh, toʻliq ismi Jobir ibn Abdullo ibn Amr ibn Harom al-Xazrajiy al-Ansoriy as-Sulamiy (arabcha: جابر بن عبدالله بن عمرو بن حرام الأنصاري) — sahoba, 607 (hijriy 16) yilda Madina shahrida tugʻilgan. Otasi Abdullo ibn Amr va uning oʻzi Rasululloh (s.a.v)ning xizmatlarida boʻlgan. Jobir ibn Abdulloh Rasululloh bilan birga 19 ta gʻazotda ishtirok qilgan. Umrining oxirida Madinada, Masjidi Nabaviyda halqa tashkil qilib dars bergan. „Sahih al-Buxoriy“ va „Sahih Muslim“ kitoblarida uning rivoyatida 1540 ta hadis keltirilgan.