Jonathan Swift

Jonathan Swift
Tavalludi 30-noyabr 1667-yil
Vafoti 19-oktyabr 1745-yil(1745-10-19)
(77 yoshda)
Taxallusi M.B. Drapier, Lemuel Gulliver, Isaac Bickerstaff
Ijod qilgan tillari Ingliz tili
Fuqaroligi Kingdom of Ireland
Yoʻnalish Nasr, sheʼriyat, satira
Shoh asari „Gulliverning sayohatlari“ (1726)

Jonathan Swift (talaffuzi: Jonatan Svift) (30-noyabr 1667 — 19-oktyabr 1745) — ingliz/irland yozuvchisi, shoiri va satirachisi. Swift ingliz nasrining eng yuksak namoyondalaridan hisoblanadi.[1] Swiftning shoh asari ilk bor 1726-yilda chop etilgan „Gulliverning sayohatlari“ romanidir. Bu asar dunyoning koʻp tilariga, shu jumladan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Romanni koʻpchilik bollar uchun yozilgan deb oʻylaydi. Ammo „Gulliverning sayohatlari“ aslida insoniyat haqida satiradir.[2]

Jonathan Swift ilk asarlarini M.B. Drapier, Lemuel Gulliver, Isaac Bickerstaff kabi turli taxalluslar ostida yozgan. Baʼzi asarlarida esa ismini koʻrsatmagan. Jonathan Swift satiralarida siyosat, adabiyot va inson jamiyatiga oid mavzular haqida yozgan.

  1. „Jonathan Swift“. Encyclopædia Britannica. Qaraldi: 4-may 2012-yil.
  2. "Jonathan Swift". Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, Vashongton: Microsoft Corporation. 2008.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne