tuman | |
---|---|
Tarkibida | Buxoro viloyati |
Maʼmuriy markazi | Jondor (shaharcha) |
Asos solingan sanasi | 1930 |
Hokimi | Hikmatov San'atillo Nusratovich[1] |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | 58 |
Pochta indeksi | 200600 |
Rasmiy sayti | http://buxoro.uz/uz/jondor-tumani |
Xaritada | |
![]() | |
39°44′0″N 64°11′0″E / 39.73333°N 64.18333°E |
Jondor tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyatidagi tuman. 1935-yil 17 yanvarda tashkil etilgan. 1962-yil 24 dekabrdan Buxoro va Romitan tumanlari tarkibida boʻlgan. 1967-yil 9 yanvarda qayta tuzilgan. Jondor tumani janubiy-gʻarbdan Olot, Qorakoʻl tumanlari, sharq va shimoliy-sharqdan Buxoro, Romitan, Peshku tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 5,17 ming km2. Aholisi 185,5 ming kishi (2024). Jondor tumanida 9 ta shaharcha (Jondor, Paxlavon, Dalmun, Ko'liyon, Samonchuq, Tobagar, Ushot, Xazorman, Chorzona), 13 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Aleli, Dalmun, Lolo, Mirzayon, Navrabot, Oqshix, Romish, Poʻloti, Samonchuq, Sepatta, Xumdanak, Koʻliyon, Xumin, Qorali,Qorovul,Joʻysafed,Peshqandoq,Qahramonlar) bor. Markazi — Jondor shaharchasi. Jondor tumanida toʻrtta yirik tarixiy obida mavjud: Mahmud Torobiy daxmasi (13 a.), Varaxsha yodgorligi (7 a.), Shaxri Islom qalʼasi, Qizbibi meʼmoriy majmuasi (16 a.). 1935-yildan „Jondor ovozi“ gazetasi chop etiladi.