Julfa Culfa Ջուղա Jugha | |
---|---|
Shahar | |
![]() | |
38°57′21″N 45°37′51″E / 38.95583°N 45.63083°E | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
{{{mintaqa_turi}}} | Naxichevan |
tuman | Julfa |
Hukumat | |
Markazi balandligi | +4 m |
Rasmiy til(lar)i | ozarbayjon tili |
Aholisi (2011) |
12 500 |
Vaqt mintaqasi | UTC+4:00 |
|
Julfa (ozarbayjoncha: Culfa)— Ozarbayjonning Naxichevan Muxtor Respublikasidagi shahar (1948 dan). Araks daryosi chap sohilida. Boku—Yerevan yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi (shu yerdan Tabriz shahriga Vrotslav liniyasi va shosse yoʻl oʻtkazilgan). Aholisi 9 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Julfa — qadimiy shaharlardan. 16-asrdan, xalqaro ipak savdosi markazlaridan biri boʻlgan. Venetsiya, Genuya, Amsterdam kabi Gʻarbiy Yevropa shaharlari bilan savdo qilgan. Shaharda 17-asr boshlarida 20 mingdan ortiq aholi yashagan. 1605-yil Eron shohi Abbos I ipak savdosini poytaxtga koʻchirish maqsadida Julfaning savdo va hunarmand ahlini Isfahon atrofiga koʻchirgan. 1828-yilda Julfani Rossiya bosib olgan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari, asfalt zavodi bor. Guliston maqbarasi (13-asr boshi), oʻrta asr meʼmoriy yodgorliklari harobalari, karvonsaroylar saqlangan[1].