Juma masjid (Xiva)

Juma masjid
Xiva juma masjidi

Juma masjid va uning minorasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Meʼmoriy yodgorlik
Turi Masjid
Manzili „Ichan-qalʼa“ MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 19-uy
Shahar Xiva shahri
Mamlakat O‘zbekiston
Koordinatalar 41°22′40″N 60°21′35″E / 41.37768118193957°N 60.35985720976329°E / 41.37768118193957; 60.35985720976329
Qurilishi boshlangan X asr
Qurilishi tugagan XVIII asr
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Balandligi
Balandligi 42 m
Texnik holati
Material Pishiq gʻisht
Qavatlar soni 1 qavat
Binoning ichki maydoni 55×46 m
Map
Juma masjid xaritada
Juma masjid (Xiva)

Juma masjid, Xiva juma masjidi — Xorazm viloyatining Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik Masjidning tarixi X asrXVIII asrlarga borib taqaladi. Juma masjidi Ichan qalʼaning markaziy qismidagi Ota darvoza va Polvon darvozalarni birlashtiruvchi koʻchada joylashgan. Aniq manzili esa bugungi kunda „Ichan qalʼa“ mahallasi, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 19-uyda joylashgan.

Meʼmoriy yodgorlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan. Hozirda „Ichan qalʼa“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishli[1].

  1. „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-oktyabr.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne