Kamala Xarris | |
---|---|
![]() Rasmiy portret (2021) | |
49-Amerika Qoʻshma Shtatlari vitse-prezidenti | |
Mansab davri 20-yanvar 2021-yil | |
Prezident | Jo Bayden |
Oʻtmishdoshi | Mayk Pens |
AQSh senatori (Kaliforniyadan) | |
Mansab davri 3-yanvar 2017-yil – 18-yanvar 2021-yil | |
Oʻtmishdoshi | Barbara Bokser |
Vorisi | Aleks Padilla |
32-Kaliforniya bosh prokurori | |
Mansab davri 3-yanvar 2011-yil – 3-yanvar 2017-yil | |
Hokim | Jerri Braun |
Oʻtmishdoshi | Jerri Braun |
Vorisi | Ksavier Beserra |
27-San-Fransisko okrug prokurori | |
Mansab davri 8-yanvar 2004-yil – 3-yanvar 2011-yil | |
Oʻtmishdoshi | Terens Xallinan |
Vorisi | Jorj Gaskon |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Kamala Devi Harris[1] 20-oktyabr 1964-yil Oklend, Kaliforniya, AQSh |
Fuqaroligi |
![]() |
Siyosiy partiyasi | Demokratlar |
Turmush oʻrtogʻi |
Doug Emhoff (turm. 2014) |
Ota-onasi | |
Alma mater |
|
Kasbi |
|
Imzosi |
![]() |
Vebsayti |
Kamala Devi Xarris (/ˈkɑːmələ/ KAH-mə-lə,[2][3] inglizcha: Kamala Devi Harris; 20-oktabr 1964-yilda tugʻilgan)[4] amerikalik siyosatchi, yurist hamda 49- va amaldagi Amerika Qoʻshma Shtatlari vitse-prezidentidir. U AQSh tarixida eng yuqori lavozimda ishlaydigan ilk ayol rasmiy hamda ilk afroamerikalik va osiyolik amerikalik vitse-prezidentdir.[5][6] Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Xarris 2011-yildan 2017-yilga qadar Kaliforniya bosh prokurori, 2017-yildan 2021-yilga qadar esa Kaliforniyadan AQSh senatori vazifalarini bajargan. 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida Xarris Jo Baydenning yordamchisi (vitse-prezident) sifatida qatnashib, amaldagi prezident Donald Tramp va vitse-prezident Mayk Pens ustidan gʻalaba qozonishdi.
Kaliforniya shtatining Oklend shahrida tugʻilgan Xarris Xovard universiteti va Xastings huquq kollejini (Kaliforniya universiteti) tugatgan. 2003-yilda San-Fransisko okrug prokurori etib saylangan. 2010-yilda Kaliforniya bosh prokurori etib saylandi. 2014-yilgi Kaliforniya bosh prokurorlik saylovlarida ham gʻalaba qozonib, ikkinchi muddatga qayta saylandi. Xarris 2017-yildan 2021-yilga qadar Kaliforniyadan kichik AQSh senatori lavozimini bajargan. U 2016-yilgi Senat saylovida Loretta Sanchez ustidan gʻalaba qozondi va buning ortidan AQSh senatida faoliyat yuritgan ikkinchi afroamerikalik ayol va birinchi janubiy osiyolik amerikalik boʻldi.[7][8] U Senat sud majlislari davomida Tramp administratsiyasi rasmiylarini, jumladan jinsiy zoʻravonlikda ayblangan Oliy sudga ikkinchi nomzod Brett Kavanaughni soʻroq qilganligini bilan obroʻ qozondi.[9]
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()